Линклар

Sarlavhaga chiqarilgan shikoyat bilan OzodMikrofonga Sirdaryo viloyat, Sardoba tumani markazida istiqomat qiluvchi 30 yashar Sherzod Takaboev murojaat qildi. Uning aytishicha, joriy yil boshida uning onasi, 75 yashar Mahsatoy Normatova “Asakabank”ka 30 million so‘m qo‘ygan. Sherzodning aytishicha, mablag‘ bankka Damas avtomashinasi sotib olish maqsadida qo‘yilgan edi. Lekin pul bankka qo‘yilganidan buyon o‘tgan yarim yildan ko‘proq vaqt ichida avtomashinani sotib olish uchun “to‘lov ochilmagan” va 30 million hanuz “Asakabank”da turibdi.

Sherzodning aytishicha, u 25 iyulda onasi bilan birgalikda bankka borib, pulni qaytarishni talab qilgan. “Asakabank” mulozimi esa, naqd pul taqchilligi tufayli pulni hozircha qaytarib berolmasligini bildirish bilan cheklangan.

OzodMikrofon eshittirishi formatidan kelib chiqib, shikoyatchining gaplarini e’tiboringizga havola qilish bilan cheklanamiz. Ozodlik “Asakabank”ning mazkur shikoyat yuzasidan har qanday shakldagi izohi, bildirishnomasi, bayonoti va hokazolarni eshitish va tinglovchiga eshittirishga tayyor.

Hozircha esa, “Asakabank” foydasiga Sherzod Takaboevdan eshitganimiz birgina gapni keltirishimiz mumkin: Sherzodning aytishicha, yanvardan buyon onasi “Asabank”ka qo‘ygani 30 million so‘m evaziga 4 marta 500 ming so‘mdan jami 2 million so‘m ustama foyiz hisobida pul olgan.

XS
SM
MD
LG