Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:40

Rio 2016: Hasanboy Do‘smatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni sovg‘a qildi


Rio Olimpiadasida O‘zbekiston ilk oltin medalga sohib bo‘ldi.

49 kilogramgacha bo‘lgan vazndagi bokschilar orasidagi final mushtlashuvida Hasanboy Do‘stmatov kolumbiyalik Yuberxen Martines ustidan g‘alaba qozonib o‘zbek boksi tarixiga kirdi.

Hasanboy o‘zining tezligi, nuqsonsiz himoyasi va kontr hujumlari bilan kolubiyalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Uchchala hakam mutlaq g‘alabani o‘zbek bokschisiga berdi.

Hasanboy Do‘stmatov afsonaviy bokschi Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada o‘yinlarida otin medalga sazovor bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlikdir.

Shunday qilib, Olmpiada o‘yinlarining 14 kunida O‘zbekiston bir oltin va uch bronza medali bilan milliy jamoalar orasida 54 o‘rindan birdaniga 35 o‘ringa ko‘tarildi.

Hasanboy Do‘smatov finalga chiqish uchun amerikalik raqibi Niko Ernandes ustidan g‘alaba qozongandi.

12 avgust kungi jang Do‘smatovning to‘liq ustunligida o‘tdi. Hakamlar uchala raundda ham o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini qayd etishdi.

Rio Olimpiadasining dzyudo musoboqalarida esa 100 kg vazndagi o‘zbekistonlik 35 yoshli Abdulla Tangriev bronza medali uchun jangda braziliyalik Rafael Silvaga engildi.

Bundan avval o‘zbekistonlik dzyudochilar Diyorbek O‘rozboev va Rishod Sobirovlar o‘z terma jamoalariga bronza medallarini taminlab berishgandi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rioda oltin medal olgan o‘z mamlakati sportchisiga 200 ming AQSh dollarilik, kumush medali sovrindoriga 100 ming AQSh dollarilik, bronza medali olgan sportchiga esa 75 ming AQSh dollarilik pul mukofoti va’da qilgan.

XS
SM
MD
LG