Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:13

O‘zbekistonlik "Ronaldu" Olimpiada finaliga chiqdi


G‘iyosov Rabi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
G‘iyosov Rabi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Rioda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida qisqa vaqt ichida dunyo sport olamiga "Ronaldu" laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik yana bir bokschi, Shahrom G‘iyosov, oltin medal uchun ringga tushadi.

Vazni 69 kilogramgacha bo‘lgan bokschilar orasidagi yarim final mushtlashuvida Shahrom G‘iyosov marokashlik Muhammad Rabi ustidan ochkolar bo‘yicha 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

13 avgustda Shahrom Kubalik Roniel Iglesias ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qilgandi.

Shahrom g‘alabasini Ronaldu singari nishonlaydi
Shahrom g‘alabasini Ronaldu singari nishonlaydi

Bu g‘alabasini portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga o‘xshab nishonlagan Shahrom G‘iyosov o‘sha onning o‘zidayoq sport muxlislari orasida "Ronaldu" nomi bilan tanildi.

Yakshanba kuni 49 kilogramgacha bo‘lgan vazndagi bokschilar orasidagi final mushtlashuvida Shahrom G‘iyosovning jamoadoshi Hasanboy Do‘stmatov kolumbiyalik Yuberxen Martines ustidan g‘alaba qozonib o‘zbek boksi tarixiga kirgandi.

Hasanboy o‘zining tezligi, nuqsonsiz himoyasi va kontr hujumlari bilan kolumbiyalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Uchchala hakam mutlaq g‘alabani o‘zbek bokschisiga berdi.

Hasanboy Do‘stmatov afsonaviy bokschi Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada o‘yinlarida otin medalga sazovor bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlikdir.

Finalda Shahrom G‘iyosov bokschining raqibi yo qozog‘istonlik Daniyar Yeleussinov yoki fransiyalik Sulaymon Sissoko bo‘ladi.

Rio olimpiya o‘yinlarida chorshanba kuni yana to‘rtta o‘zbekistonlik bokschi ringga tushadi.

XS
SM
MD
LG