Линклар

Eronning Hamadan havo bazasidan osmonga ko‘tarilgan Rossiyaning Tu-22M3 va Su-34 bombordimonchi uchoqlari Suriyada havo hujumlarini boshlagan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiylari seshanba kuni ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, uchoqlar “Islomiy davlat” janggari guruhining Suriya shimolidagi uchta pozitsiyasini nishonga olgan.

Rossiya rasmiylari, o‘z bombardimonchi uchoqlari "Islomiy davlat"ning uchta yirik qurol-aslaha ombori, uchta boshqaruv punkti, shuningdek, jangarilar tayyorlash jamlog‘ini yo‘q qilganini bildirdi.​

Rossiya Suriyada havo amaliyotlarini 2015 yilda boshlagan va ilk bor Eronning havo bazasidan foydalanmoqda..

Nyu Yorkdagi Xyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Rossiya Suriyada kasseta bombalarini tashlaganlikda ayblagan.

Nyu Yorkdagi Xyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Rossiya Suriyada kasseta bombalarini tashlaganlikda ayblagan.

Shu paytgacha uzoq masofaga uchuvchi rus bombordimonchi uchoqlari Rossiya hududidagi aerodromlardan, jabhada esa Suriyaning Xmeymim havo bazasidan parvozlarni amalga oshirayotgan edi.

Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Komoedov Eronning havo bazasidan foydalanish yoqilg‘ini tejash imkonini berishini aytdi.

Nyu Yorkdagi Xyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Rossiya Suriyada kasseta bombalarini tashlaganlikda ayblagan.

Tashkilotga ko‘ra, Rossiya Suriyada so‘nggi olti hafta ichida kamida 18ta kasseta bobmasi tashlagan.

Moskva o‘z harbiy uchoqlari faqat "terrorchilarni" nishonga olishini aytib keladi.

Ammo suriyalik faollarga ko‘ra, Rossiya uchoqlari G‘arb dastaklayotgan isyonkor guruhlarga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.

XS
SM
MD
LG