Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:36

O‘zbekistonlik Van Gog: Qishda ham quyosh suratini chizaman


Rassom Dilorom Mamedova
Rassom Dilorom Mamedova

O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bilan qiyoslaganda eng ko‘p professional rassomlar yetishgan bir mamlakat sifatida ko‘riladi.

Hunarmand va naqqoshlardan tashqari mamnlakatda G‘arb tasviriy san’at uslubida ijod qilayotgan mingdan ziyod haykaltarosh va rassomlar bor. Ularning asarlarini Moskva va Parij muzeylarida ko‘rish mumkin.

Dilorom Mamedova manzaralar chizishni sevadi
Dilorom Mamedova manzaralar chizishni sevadi

2013 yilda Londondagi Nyu-Bond Strit galereyasida taniqli Sotheby’s shirkati kim-oshdi savdosiga ilk bora o‘zbek rassomlari asarlarini qo‘ydi.

Tarixan erkaklargagina hos san’at deya atalgan rassomlik sohasida Aziza Mamatova¸ Shahnoza Abdullaeva¸ Doima Vardanyan kabi ayol rassomlar ham o‘z asarlarini xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilib sovrin olishmoqda.

​Bugungi suhbatdoshimiz O‘zbekistondagi poetik rangtasvir degan janrning navqiron vakilasi Dilorom Mamedova o‘zini qahraton qishda ham issiq quyoshni tasvirlaydigan rassom ekanligini aytadi.

- Ranglarni juda yaxshi ko‘raman. Bahtimga men birinchi¸ ikkinchi kursda rassom Bahtiyor Boboevda o‘qidim. Yuqori kurslarda hudo rahmat qilsin Nig‘mat aka Qo‘ziboev va Rahim Ahmedov kabi mashxur rassomlar qo‘lida tahsil oldim. Kompozitsiyadan Alisher Mirzaev dars berdi deya eslaydi rassom.

Mamedova asarlarida quësh aks etadi
Mamedova asarlarida quësh aks etadi

O‘zbekistonlik rassom Dilorom Mamedova Vinsent Van Gog asarlariga qiziqib rassomlikni tanlagan. Tirik paytida biror asari sotilmagan Van Gogdan farqli 42 yashar Dilorom mingdan ortiq rasm sotishga ulgurdi. U chizgan rasmlar 20 ming dollargacha sotilmoqda¸ Diloromning Toshkentda o‘z shaxsiy galereyasi bor:

- Man kimgadir o‘xshashni umuman xoxlamayman. To‘g‘ri har bir rassom ijod qilishni boshlaganda kimnidir ishiga havas qiladi. Taqlid qiladi¸ ko‘chiradi. Albatta boshida shu narsa bo‘lishi tabiiy. Lekin keyinchalik rassom sekin-sekin o‘z yo‘lini¸ o‘zini ko‘chasini topib ketishi kerak. O‘shanda rassom o‘zini topgan bo‘ladi. Hudoga shukur mani bilishadi. Mamedova desa qaysi uslubda ishlasam ham tanib bilib olishadi¸ deydi rassom.

Рассом Дилором Мамедова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:30 0:00
Бевосита линк

Markaziy Osiyoda poetik rangtasvir janriga asos solgan marhum rassom Baxtiyor Boboevdan tahsil olgan Dilorom institutni bitirganidan keyin turmush tashvishlariga ko‘milib yo‘q bo‘lmagan O‘zbekistondagi sanoqli ayol rassomlardan biri ekanidan faxrlanadi:

- To‘g‘ri qiz bolalarga sal qiyinroq. Bilasizmi bir yilda nechta qiz institutda rassomlikni bitirib chiqyapti. Rangtasvir yoki grafikani bitirib diplom olganiga qaramasdan bu qizlar sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketyapti. Yoki faqat rasm o‘qituvchisi bo‘lib qolayapti. O‘zini ustida ishlay olmayapti. Ijodkor bo‘lib ijod qila olmayapti. Afsus man achimanki¸ hammalarga emas ekan rassom bo‘lish. O‘zbekistonda qancha ayollar rassomlikni bitirgan bo‘lsa ham ijod qilayotganlar sanog‘li. Besh-oltita ayol rassom bor holos. Men ko‘rmayapman boshqasini. Lekin mana ko‘plar ayollarga qiyin¸ bola-chaqa deya bahona qiladi. Lekin mana hudoga ming marta shukur¸ maniyam oilam bor. Maniyam bola-chaqam bor. Manam erimga qarashim kerak. Lekin men ertalab soat sakkizdan kechqurun oltigacha ijod qilishga imkon topa oldim. Agar inson kasbini sevsa¸ ruscha aytganda kasbiga predanniy bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda natija bo‘ladi. Men ayol boshim bilan juda rivojlanib ketdim deb aytmayman. Men oldinga faqat bitta qadam bosdim deb bilaman. Mani hali zinalarim judayam ko‘p.

Dilorom rasm sohasida tijoriy muvaffaqiyatga erishib Salvador Dalining “rassom boy bo‘lishi kerak” degan o‘gitiga misol bo‘lgan O‘zbekistondagi sanoqli rassomlardan biri.

Dilorom hali talaba ekanligida toshkentliklar Brodvey deb aytadigan Sayilgoh ko‘chasida portret chizib “Brodvey malikasi” deya nom chiqargan edi.

Musavviraning aytishicha¸ uning bugungi muvaffaqiyatiga o‘sha talabalik paytida ko‘chada rasm chizib bozor talabi va omma ehtiyojini his qilgani tamal bo‘lmoqda.

O‘zbekiston art bozorining eng xaridorgir rassomi o‘zi ixlos qo‘ygan Van Gog kabi quyoshli tasvirlarni sevishini aytadi.

- Bilasizmi¸ O‘zbekistonimizni ranglari juda issiq. O‘ziga tortadigan yumshoq kolorit. Meni eng yaxshi ko‘radigan rangim quyosh rangi. Quyosh rangi degani sariq rang. Mani ishlarimni sekin ko‘rib chiqsangiz har bitta ishda sariq rangni ko‘rasiz. Hatto qishdayam quyoshni ko‘rsatishga harakat qilaman¸ deydi rassom.

Mamedova asarlaridan biri
Mamedova asarlaridan biri

XS
SM
MD
LG