Линклар

Neft narxining yanada pastlashi Rossiya va Saudiya Arabistonini narxlarni barqarorlashtirish uchun neft qazib olish ko‘lamini muzlatishni rejalashtirishga undamoqda.

15 avgust kuni Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Saudiya Arabistonining “Asharq al-Avsat” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilishga hamda neft ishlab chiqarish ko‘lamini vaqtincha muzlatib qo‘yishga tayyor ekanligini aytdi. Natijada dunyo bozorlarida neft narxi oshdi.

Saudiya Araqbistoni energetika vaziri Xalid al-Falih o‘tgan haftada neft narxlarini stabillashtirish uchun o‘z mamlakatati OPEK hamda Rossiya kabi uyushmaga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytgan edi.

Rossiya va Saudiya Arabistoni yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlar safiga kiradi. Rossiya kuniga 10,85 million barrel neft qazib oladi. Saudiya Arabistoni esa kuniga 10,67 million barrel hajmda neft qazib oladi.

“Bunga ehtiyoj tug‘iladigan bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz”, dedi Novak. Vazir aprel oyida Fatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar narxlarni oshirishda “ijobiy rol o‘ynaganini” ta’kidladi. Ammo Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralar ortidan ikki taraf shartnoma imzolamagan edi.

Novak Rossiya neft qazib olishni ko‘lamini faqat vaqtincha muzlatishini qo‘shimcha qildi.

Novakning bildiruvi ortidan 15 avgust kuni Nyu-Yorkda 1 barrel neftning narxi 1,25 dollarga oshdi. Natijada bir barrel neft narxi 45,75 dollarga ko‘tarildi.

Londonda esa 1 barrel neftning narxi 1,38 dollarga oshib, 48,35 ga yetdi.

XS
SM
MD
LG