Линклар

"Hakam o‘g‘limning qo‘lini ko‘targanda xalq meni osmonga otib yubordi"


“Hakam o‘g‘limning qo‘lini ko‘targanda xalq meni osmonga otib yubordi”.

Boks bo‘yicha Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘stmatovning otasi Ma’rufjon Hayitboev 14 avgust tunini ana shunday xotirlaydi.

O‘sha tunda Rio de-Janeyroda o‘tayotgan Olimpiya O‘yinlarida Andijon viloyati Buloqboshi tumani Do‘lon qishlog‘idan bo‘lgan Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekiston olimpiya jamoasiga ilk oltin medalni keltirdi.

Vazni 49 kilogramgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final jangda Hasanboy Do‘stmatov kolumbiyalik Yuberxen Martines ustidan 3:0 hisobida yaqqol g‘alaba qozonib, o‘zbek boksi tarixiga kirdi.

23 yashar Hasanboy Do‘stmatov afsonaviy bokschi Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan ikkinchi o‘zbekistonlikdir.

Olimpiya chempionining otasi - Ma’rufjon Hayitboev va bobosi - Do‘stmat ota

Olimpiya chempionining otasi - Ma’rufjon Hayitboev va bobosi - Do‘stmat ota

Ma’rufjon Hayitboev so‘zlariga ko‘ra, g‘alaba bilan uni birinchilardan bo‘lib tabriklashga kelganlar orasida Muhammadqodir Abdullaev ham bor edi.

Chempionning otasi Ozodlik bilan suhbatda final uchrashuvni uyida o‘nlab qarindosh-urug‘i va qo‘ni-qo‘shnisi bilan tomosha qilganini aytdi.

47 yashar Ma’rufjon Hayitboev to‘ng‘ich farzandi olimpiada g‘olibi bo‘lganidan buyon ularni tabriklagani Do‘lan qishlog‘iga O‘zbekistonning turli nuqtalaridan yuzlab odamlar kelganini aytadi.

“Xursandchilikdan haliyam o‘zimga kela olganim yo‘q,” deydi Ma’rufjon Hayitboev.

U, shuningdek, o‘g‘lining olimp cho‘qqisiga qadar bosib o‘tgan yo‘li va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

XS
SM
MD
LG