Линклар

Qurbon hayiti qaysi kuni bo‘lishi 2 sentyabrda aniqlanadi


O‘zbekistonlik hojilarning birinchi guruhi Haj ibodatlarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga 24 avgust kuni uchib ketadi.

O‘zbekistonlik hojilarning birinchi guruhi Haj ibodatlarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga 24 avgust kuni uchib ketadi.

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi muovini, shayx Abdulaziz Mansurning Ozodlikka aytishicha, bu yilgi Qurbon hayiti 12 sentyabrda bo‘lishi taxmin qilinmoqda - bu haqdagi qaror hali qabul qilingani yo‘q.

Musulmonlar idorasi rahbariyati vakilining aytishicha, Qurbon hayiti o‘tadigan kunni Saudiya Arabistoni, oyning yangilanishiga qarab, 10 kun oldin e’lon qiladi.

“Butun dunyo ana o‘sha e’longa qarab nishonlaydi bu bayramni. Hech kimning bir oldin yoki bir kun keyin nishonlashi mumkin emas. Hozircha esa, Qurbon hayiti, shartli ravishda, 12 sentyabrda bo‘ladi, deb turibmiz. Aniq qachon bo‘lishi 2 sentyabrda e’lon qilinadi”, dedi shayx Abdulaziz Mansur.

Olimning aytishicha, O‘zbekiston prezidentining Qurbon hayiti to‘g‘risidagi qarori ham 2 sentyabr yoki undan keyin chiqishi kutilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi muovini, shayx Abdulaziz Mansurdan yana bir yangilik: o‘zbekistonlik hojilarning birinchi guruhi Haj ibodatlarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga 24 avgust kuni uchib ketadi.

Suhbatdoshning aytishicha, “bu yil ham avvalgi yillardagiday O‘zbekistondan 5200 kishi haj qiladi, bir hojining safar harajatlari o‘rtacha 2500 AQSh dollarini tashkil qilmoqda”.

XS
SM
MD
LG