Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:24

GM Uzbekistan Rossiya bozoriga Nexia Ravon R3ni yubora boshladi


GM Uzbekistan yangi Nexia Ravon R3 avtomobillarining birinchi partiyasini Rossiyaga yuborishni boshlagani xabar qilindi. Yangi Nexia Rossiyada qachon savdoga chiqarilishi to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.. Shu yilning mayida Rossiyaga yuborilgan birinchi partiya Ravon R2 rusumidagi mashinalar tezda sotib tugatilgani aytiladi. Ayni vaqtda, Rossiyadagi eng arzon mashinalar reytingida Ravon Matiz birinchi o‘rinni egallagan.

Nexia R3 Rossiyada sotiladi

Ravonning Moskvadagi vakolatxonasi rasmiy xodimi Yuliya Ozodlik bilan suhbatda R3 mashinalari Rossiyaga yuborilganini tasdiqladi.

- Hozirda biz Ravon R3 avtomobillarining Rossiyaga yetib kelishini kutayapmiz. Bojxona rasmiyatchiligi o‘tkazilgandan so‘ng, mashinalar sentyabrda dilerlik markazlariga etkaziladi. R2 mashinalarining ikkinchi partiyasi hozirda Rossiya hududida bojxona rasmiyatchiligidan o‘tkazilmoqda. Va yaqinda dilerlik markazlariga yuboriladi va savdoga chiqariladi, deb aytdi Ravonning Moskvadagi vakolatxonasi rasmiysi.

Oldinroq Ravon Rossiyada yangi Nexia narxini 40 ming rublga ko‘tardi. Bugungi kunda Nexia R3 narxi 419 000 rublni tashkil etadi. Ravon Rossiyada sotilayotgan mashinalarga R2 (389 000 rubl) Ravon Gentra (439000 rublь) va Matiz (314 000 rubl)narx belgilangan.

Ravon Matiz - Rossiyadagi eng arzon avtomobillar qatorida ilg‘or

Shu kunlarda Rossiya avtomobil sohasi tahlilchilari tomonidan malakatda eng arzon yangi avtomobillar reytingi e’lon etildi.

Ushbu reytingda, arzon kompakt avtomobillar ro‘yxatida Ravon Matiz (narxi 314 mingdan to 414 ming rublga qadar) birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

Rossiyaning Lada Granta (343.9 ming rubldan to 552 ming rublgacha) ikkinchi o‘rin, sedan kuzovidagi Lada Prioraga ( 369 ming rubl) uchinchi o‘rin ajratilgan.

Reyting mualliflaridan AvtoDni.Ru internet sayti sharhlovchisi Yelizaveta Shirenovaning Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston avtomobillari narx va sifatining mutanosibligi bilan o‘rtahol rossiyaliklar orasida shuhrat qozongan.

- Rossiyada avtomobillar narx-navosi har oy o‘zgarib turadi. Biz eng oxirgi raqamlarni olamiz. Bugunning o‘ziga aktual bo‘lgan narxlar. Birinchidan Ravon bozorbop, narxi raqobatbardoshligi bilan tanilgan. Keyin o‘zbek avtomobillarni korporativ usulda sotish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun shaharlarda pitstsa sotadigan kichik kafe va restoran egalari uchun ko‘p sotib olishadi. Yangi Neksiya o‘z segmentida shu paytgacha Rossiyada eng arzon avto qatoridan o‘rin olgandi. Kecha e’lon etilgan xabar bo‘yicha 40 ming rublga qimmatlashgan. Bu uning bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa tarafdan, Rossiya shirkatlari treyd-in bo‘yicha yaxshi chegirma berishadi. Yana eski avtomobillarni utilizatsiya qilish dasturi bo‘yicha ham Rossiya avtomobillarini sotib olish arzonga tushadi. Va shu bilan birga kredit sharoitlari ham Ladadan ancha yaxshiroq. Bu masalalarda Ravon bir oz orqada, dedi Yelizaveta Shirenova.

Moskvadagi “Avtostat” tahlil markazi mutaxassisi Azat Temirxanovning fikricha, "uzbechka"ning yangi Ravon markasiga almashtirilishi, uning Rossiyadagi bozorini chaqqon qilishi mumkin.

- Ravon avtomobillarni yaqinda savdoga chiqqanini nazarga olsak, uning boziri chaqqon bo‘lish yo bo‘lmasligi bo‘yicha bir narsa aytish qiyin. Yangi Neksiya R3 hozircha savdoga chiqqani yo‘q. Va allaqachon uning narxini 40 ming rublga ko‘tarishdi. Lekin bunga qaramasdan hanuz eng arzon avtomobillar qatorida turadi. Va R3 Rossiya Lada Grantaning asosiy raqib sanaladi.

Oldinlari Rossiyada o‘zbek mashinalari yaxshi sotilar edi. Rossiya avtomobil bozorida Janubiy Koreyaning KIA Rio, Solyaris kabi qator markalari savdoga chiqishi bilan, o‘zbek mashinalari bozori ancha zaiflashdi. Hozirda O‘zbekiston avtomobillarini Ravon brendiga yangilangani uning Rossiya bozoridagi savdo ko‘lamini ancha ko‘taradi, deb o‘ylayman Hozirda Ravon narxlar yaxshi, bunday narxlar bilan Rossiya avtomobillariga raqobat qila oladi, dedi Azat Temirxanov.

O‘tgan hafta Ukraina poytaxti Kievda Ravon avtomobillarining taqdimoti o‘tkazildi. O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, shu yilning sentyabr va oktyabr oylarida Ozarboyjon, Belarus va Turkmanistonda ham Ravon taqdimolari o‘tkazilishi belgilangan.

GM Uzbekistan shirkati Ravon rusumidagi R2 avtomobillarini Qozog‘istonda sotishni boshladi: 25 iyul kuni R2 mashinasining dastlabki partiyasi Olmaotaga yetkazilgan.

XS
SM
MD
LG