Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:45

Qashqadaryolik uy bekasi birvarakayiga to‘rtta farzandlik bo‘ldi


Toshkentlik Gulshan Haydarova birvarakayiga to‘rt o‘g‘illik bo‘lgandi
Toshkentlik Gulshan Haydarova birvarakayiga to‘rt o‘g‘illik bo‘lgandi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Berdali qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Shahnoza Haydarova birvarakayiga to‘rtta farzandlik bo‘ldi.

Qamashi markaziy kasalxonasi shifokorlariga ko‘ra, uch qiz va bir o‘g‘il 15 avgustda 21:50 dan boshlab bir necha daqiqa farq bilan tuman tibbiyot birlashmasiga tegishli tug‘uruqxonada dunyoga kelgan.

Birinchisi qiz 1 kiloyu 950 gram tug‘ildi. Ikkinchisiyam qiz – 1 kiloyu 850 gram. Uchinchisi o‘g‘il bola – 2 kiloyu 210 gram. To‘rtinchisi yana qiz – 2 kiloyu 200 gram,” dedi doyalik qilgan shifokor ayol.

Uy bekasi Shahnoza Haydarova va uning eri Zayniddin Haydarov o‘z farzandlariga Fotima, Zuhra, Husan va Zahro deb ism qo‘ydi.

Shifokorlar jarrohlik amaliyotisiz tug‘ilgan chaqaloqlar va onaning sog‘ligi yaxshi ekanini aytishdi.

Tuman markaziy shifoxonasi rahbariyati ona va chaqaloqlar uchun alohida chaqloqlar vrachi va akusher ajratganini bildirdi.

“Bu ayolni 8 haftaligida homilador sifatida ro‘yxatga olib, ultra tovushli moslama, keyin skrin markazida tekshiruvdan o‘tkazganmiz. Dastlab¸ ayolni uchta farzandli, deb registratsiyaga oldik, hamshira ajratdik. Patronaj sistemasida kuzatuvlar olib borib, ko‘zi yorishidan oldin patologiya, ya’ni tug‘uruqdan oldingi bo‘limimizga yotqizib, analizlarini kontrol qilib bordik,” deydi shifokorlardan biri.

Uning e’tirof etishicha, Haydarova vrachlarning keserevo jarrohlik yo‘li bilan bolalarni ona qornidan chiqarib olish taklifiga rozi bo‘lmagan.

Juda mashaqqatli, juda qo‘rqinchli bo‘ldi. Lekin, haqiqatan ham, onada kuch-quvvat va ishonch bor ekan. Biz operatsiya qilamiz deb turib oldik.Ona esa “o‘zim tug‘aman”, deb turib oldi. Yo‘q, natija juda yaxshi chiqdi. Asorat yo‘q,” dedi shifokor.

Shifokorlar Shahnoza Haydarova va farzandlari shu hafta oxiriga qadar tug‘uruqxonadan javob berilishini bildirdi.

Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyatining ma’lum qilishicha, bir ayolning birvarakayiga to‘rtta farzand ko‘rishi O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan buyon nafaqat tuman, balki Qashqadaryo viloyatida ham qayd etilmagan.

Kolyaskadagi bu chaqaloqlar kelgusi hafta uch yoshga to‘ladi
Kolyaskadagi bu chaqaloqlar kelgusi hafta uch yoshga to‘ladi

2013 yil 23 avgustida Toshkent shahri Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi Gulshan Haydarova birvarakayiga to‘rtta o‘g‘illik bo‘lgandi.

Gulshan va uning eri Abdullajon farzandlari - Hasan, Husan, Islom va Karimni boqish uchun hokimiyatdan etarli yordamni ola olmayotganlarini bildirishi ortidan Ozodlik bu oilaga yordam kampaniyasini o‘tkazgan edi.

Oradan uch yil o‘tib Ozodlik bilan suhbatlashgan Gulshanning onasi Rahima Haydarova nevaralarining bugungi hayoti haqida so‘zlab berdi.

Quyida ushbu suhbatni tinglang.

Қўш эгизнинг бувиси билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:59 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG