Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:53

Shoshilinch xabar: G‘allaorol nasos stansiyasida 10 kishi dimiqib o‘ldi


Nasos quvuri
Nasos quvuri

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 10 kishi gazdan dimiqib o‘ldi va yana uch kishi Jizzax shahri shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga olib ketildi.

Shifokorlarga ko‘ra, uch kishining hayoti hozirda xavf ostida emas.

Gazdan dimiqib o‘lganlarning yoshi 33 bilan 53 orasidadir.

Hodisa yuzasidan G‘allaorol prokuraturasi tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan

"O‘ztransgaz" aktsiyadorlik kompaniyasi G‘allaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlarining ma’lum qilishicha, hodisa 20 avgust ertalab tumanning Kanalizatsiya Nasos Stansiyasi (KNS) hududida yuz bergan.

G‘allaorol tumani "Gazchilar" qo‘rg‘oni aholisiga suv yetkazib beruvchi ushbu stansiya Magistral gaz quvurlari boshqarmasi qaramog‘idadir.

Boshqarma xodimlarining ma’lum qilishicha, boshqarma muhandislari, quruvchi va santexniklari KNSdagi suv motorlarini ta’mirlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Ularga ko‘ra, muhandis, santexnik va quruvchilar yer ostidagi suv motorlari nosozligini to‘g‘irlash uchun 6 metr chuqurlikka birin-ketin tushib, suv sathida yig‘ilib qolgan gazdan dimiqib halok bo‘lganlar.

Boshqarma xodimlari Ozodlikka o‘lganlardan uch nafarining boshqarma muhandislari qolganlari esa santexnik va quruvchilar bo‘lganini aytdi.

Hozirda suv motorlari joylashgan chuqurlik berkitilgan, hodisani o‘rganish uchun Toshkentdan maxsus ekspertlar guruhi kelgan.

"Ish to‘xtab turibdi. Bu yerda ish ketayapti. Lekin ekspertlar aytgani yo‘q natijasini," dedi boshqarma xodimlaridan biri.

G‘allaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbariyati suv motorlari joylashgan chuqurlikda zaharli azot gazi to‘planib qolgani bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Bir kunda o‘nta janoza

Ozodlik suhbatlashgan g‘allaorolliklar 20 avgustning o‘zida tumanda 10ta uyda janoza marosimi bo‘lib o‘tganini ma’lum qilishdi.

Ikkita janozaga borgan g‘allaorolliklardan biri barcha marosimlar chiqimini tuman hokimligi o‘z zimmasiga olganini bildirdi.

"Hokimiyat vakillari kecha o‘lganlar uylariga kirib, oziq-ovqat tarqatib chiqdi. Rahbarlar hammasi xonadonlarga kirgan. Hamma shokka tushib qolgan," deydi janozada qatnashganlardan biri.

Mahalliy aholi tumanda bir kunning o‘zida o‘n kishining janozasi hech qachon bo‘lmaganini aytadi.

XS
SM
MD
LG