Линклар

Narzullo Ohunjonov: O‘zTVda "Olloh" kalimasi birinchi marta qirqilayotgani yo‘q


Uzbekistan - asylum seeker, Uzbek journalist Narzulla Oxunjonov

Uzbekistan - asylum seeker, Uzbek journalist Narzulla Oxunjonov

Rio Yozgi Olimpiadasida oltin medal olgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachisining jonli efirda aytgan "Ollohimga shukr" degan so‘zlari O‘zTVning "Sport" telekanalida qaychilandi. Shtangacha Ruslan Nuriddinov olimpiya rekordini o‘rnatishi ortidan jonli intervьyusida "Ollohga shukur, Ollohimga shukur", deya aytgan. Sportchining bu so‘zlari "Sport" kanalining keyingi ko‘rsatuvlarida kesib tashlangan.

O‘zbekiston kanalida 2005 yildan 2013 yilgacha ishlagan, hozirda xorijiy davlatlarning birida yashayotgan jurnalist Narzullo Ohunjonovning Ozodlikka aytishicha, O‘zTVda "Olloh" kalimasi birinchi marta kesilayotgani yo‘q.

Jurnalisning aytishicha, bunday so‘zni o‘tkazib yuborgan muxarrirlar esa jazolanadi.

- Radioda bir xodimni materiali berilganda "Ollohni inoyati bilan", degan so‘z ketib qolgani uchun shu xodim jazolandi, yana shunday so‘z ketadigan bo‘lsa majburmiz shartnomani bekor qilishga, degan gaplar aytildi. Bu yer sizga diniy idora emas, bizga aytilgan, bqoridan topshiriq bor va shu topshiriqni bajarishimiz shart deyishgan", - deydi Narzulla Ohunjonov.

XS
SM
MD
LG