Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:19

Trampning Rossiya va Ukrainaga aloqador maslahatchisi iste’fo berdi


AQShda Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning saylov kampaniyasi rahbari 19 avgust kuni iste’fo berdi. Avvalroq Pol Manafortning Ukrainadagi siyosiy partiya uchun lobbichilik qilgani hamda xorij josusi o‘laroq ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum bo‘lgan edi.

Pol Manafort 2004-2010 yillarda Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich hamda uning rossiyaparast partiyasiga maslahatchilik qilgan.

Trampning demokrat raqibi Hillari Klinton kampaniyasi a’zolari Manafortning iste’fosi Trampning Rossiya bilan do‘stona aloqasi haqidagi barcha savollarga javob bo‘lmasligini ta’kidlashdi.

Klinton kampaniyasi menejeri Robbi Muk “Manafortni ketirishingiz mumkin, lekin bu Trampning Putin bilan bo‘lgan g‘alati do‘sligini tugatmaydi”, dedi.

Oy boshida Ukrainaning antikorruptsiya milliy byurosi Manfortga 12,7 million dollar to‘lash aytib o‘tilgan qo‘lyozmalar topilganini bildirgan edi. Ammo byuro Manafort aslida pul olganmi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum ekanligini ta’kidlagandi.

18 avgust kuni Associated Press xabar agentligi Manafort shirkatidan olingan elektron maktublar u Ukrainalik siyosatchilar nomidan AQShda lobbichilik qilganini ko‘rsatishi haqida xabar berdi. Manafort bu iddaolarni rad etib kelayotgan edi.

AQSh qonunchiligiga binoan bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar mamlakatda xorij josusi o‘laroq ro‘yxatdan o‘tishi shart. Manafort esa bunday qilmagan.

Manafort Jeralьd Ford, Ronalьd Reygan hamda Jorj Bush kabi bir necha AQSh prezidenti va prezidentlikka nomzodning saylov kampanisiga maslahatchilik qilgan.

XS
SM
MD
LG