Линклар

O‘zini “Namangan viloyat, Kosonsoy tumanidagi Tagijar qishlog‘idan Xolmirzaev Abduholiq”, deb tanishtirgan tinglovchi o‘zi yashab turgan tumandagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq yillardan buyon hal bo‘lmay kelayotgan muammo yuzasidan shikoyat qildi.

Aytishicha, yoshi 70 dan oshgan Abduholiq aka 1968 yili Toshkent politexnika institutini bitirgan va 4 yildan buyon gaz ta’minotidagi uzilishlar sababini o‘rganib, tegishli tashkilotlarga murojaat etib kelmoqda. Lekin natijadan darak yo‘q.

Abduholiq Xolmirzaev OzodMikrofonga murojaat qilgani uchun u kishining aytganlarini aynan shu rukn formatida, ya’ni qo‘shimcha o‘rganmasdan berishga qaror qildik. Qolaversa, u kishi tilga olgan muammo birgina Kosonsoy uchun xarakterli emas, balki mamlakatning boshqa tumanlaridan ham shunga o‘xshash shikoyatlarning keti uzilmaydi.

Tinglovchi tilga olgan masala yuzasidan Kosonsoy tuman va Namangan viloyat gaz ta’minoti idoralarining har qanday ko‘rinishdagi izoh, bildirish, bayonotlarini eshitish va tinglovchiga eshittirishga Ozodlik radiosi doim tayyor.

Quyida Abduholiq Xolmirzaev OzodMikrofonga aytganlarini tinglang:

XS
SM
MD
LG