Линклар

Rio 2016: O‘zbek bokschilari dunyoni lol qoldirdi


Rio 2016 Yozgi Olimpiada O‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov (o‘ngda) va Fazliddin G‘oyibnazarov.

Rio 2016 Yozgi Olimpiada O‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov (o‘ngda) va Fazliddin G‘oyibnazarov.

Rio Yozgi Olimpiada O‘yinlarining so‘nggi kunida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi oltin medalga sazovor bo‘ldi: 64 kilogramgacha bo‘lgan vaznda Fazliddin G‘oyibnazarov ozarbayjonlik bokschi Lorenso Sotomayorni¸ 53 kilogramgacha bo‘lgan vaznda Shahobiddin Zoirov rossiyalik bokschi ustidan g‘alaba qozondi.

Fazliddin G‘oyibnazarov asli kubalik bokschi Lorenso Sotomayorga qarshi o‘ta og‘ir jangda ochkolar hisobida g‘olib bo‘ldi.

Fazliddin G‘oyibnazarov

Fazliddin G‘oyibnazarov

G‘oyibnazarovdan oldinroq finalda ringga tushgan Shahobiddin Zoirov esa rossiyalik raqibi Misha Aloyanni ochkolar hisobiga mag‘lub etib¸ O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etgan edi.

Shahobiddin Zoirov

Shahobiddin Zoirov

O‘zbekistonlik bokschilar hisobiga birinchi oltin medalni 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov qo‘lga kiritgandi.

Hasanboy Do‘stmatov

Hasanboy Do‘stmatov

Finalga chiqqan besh bokschidan faqat ikkitasi - Shahram G‘iyosov va Bektemir Meliqo‘ziev - raqiblariga mag‘lub bo‘ldi.

Olimpiadaning yarim finaligacha etib borgan Rustam To‘laganov va Murodjon Ahmadaliev esa bronza medallarini olishga muvaffaq bo‘ldi.

21 avgust kuni qo‘lga kiritilgan ikkita oltin medaldan keyin o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza bilan umumjamoa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.

Hisobida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza bo‘lgan O‘zbekiston Rio-2016 olimpiadasida 21-o‘rinni egalladi.

Bu Yozgi Olimpiada O‘yinlarida Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

XS
SM
MD
LG