Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:45

Afg‘oniston kuchlari Tolibon ishg‘ol etgan tumanni ozod qildi


Afg‘on xavfsizlik kuchlari Qunduz shahriga kirishda tekshiruv o‘tkazmoqdalar. Toliblar Xonobod tumanini qisqa muddatga ishg‘ol qilishi ortidan jangarilarning Qunduz tomon yurish xavfi tug‘ilgandi.
Afg‘on xavfsizlik kuchlari Qunduz shahriga kirishda tekshiruv o‘tkazmoqdalar. Toliblar Xonobod tumanini qisqa muddatga ishg‘ol qilishi ortidan jangarilarning Qunduz tomon yurish xavfi tug‘ilgandi.

Afg‘oniston kuchlari Tolibon ishg‘ol etgan Qunduz viloyatidagi Xonobod tumanini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.

20 avgust kuni viloyat hokimi Asadulla Omarxil Ozodlik radiosi afg‘on xizmatiga tumanni Afg‘oniston kuchlari butunlay qayta qo‘lga olganini va hokimiyat binosida mamlakat bayrog‘i qayta ko‘tarilganini bildirdi.

“Bu yerda ham mahalliy, ham xorijiy toliblar ham bor. Ularning yetakchilari Pokiston [razvedka xizmati] qo‘lida”, dedi Omarxil.

Xonobod tumanining toliblar qo‘liga o‘tib, yana ozod etilishi bir necha soat ichida sodir bo‘ldi.

Xonobod hokimi Hayotullo Amiriyning Ozodlikka aytishicha, Tolibon shanba kuni tongda bir necha tarafdan hujum qilgan holda harbiy texnika bilan Xonobodga kirib borgan.

Toliblarning matbuot kotibi Zabinulla Mujohid tuman ishg‘ol olingan paytda ular harbiy texnika va qurol-aslaha qo‘lga kiritishganini aytdi. Hukumat kuchlari qo‘ldan boy berilgan texnikani qaytib olgan-olmagani hozircha noma’lum.

Qunduz Afg‘oniston shimolidagi eng notinch viloyatlardan biridir.

20 avgust kuni janggarilar viloyat ma’muriy markazi bo‘lmish Qunduz shahriga hujum qilish bilan tahdid solgan.

Politsiya rasmiylariga ko‘ra, jangarilar Qunduz viloyatining Alibod tumaniga hujum qilgan, ammo tuman hali ham hukumat kuchlari qo‘lida qolmoqda.

Qunduz viloyati kengashi yetakchisi Muhammad Yusuf Ayubiy yuzlab odam janglardan qochganini, markaziy hukumat chora ko‘rmasa, toliblar o‘tgan yilgidek Qunduz shahrini egallab olishini aytdi.

Qunduz hokimi Muhammad Yusuf, agar Afg‘onistonning markaziy hukumati shimoldagi vaziyatga e’tibor qaratmasa, Tolibon Qunduzni to‘laligicha ishg‘ol etishi mumkinligini ta’kidladi.

Besh kun avval tolibon Afg‘onistonning yana bir strategik mintaqasi Bog‘londagi tumanlarning birini ishg‘ol etgandi.

Afg‘onistonning Qunduz viloyati Tojikistonning Xatlon viloyatiga chegaradoshdir.

Tolibon saflarida jang qilayotganlarning to‘qson foizi Markaziy Osiyo va Kavkazdan bo‘lgan xorijlik janggarilar ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG