Линклар

Kreml tanqidchisi Latininaga axlat bilan hujum qilishdi


Latinina “Exo Moskvы” radiosining mashhur sharhlovchilaridan biri.

Latinina “Exo Moskvы” radiosining mashhur sharhlovchilaridan biri.

Rossiya politsiyasi Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi jurnalist Yuliya Latininaga bir chelak axlat bilan hujum qilganlarni izlamoqda.

21 avgust kuni hukumat nazoratidagi matbuot politsiya 20 avgust kuni Moskva markazida amalga oshirilgan hujumni o‘rganib chiqayotganini bildirdi. Latinina “Exo Moskvi” radiosi binosi tomon yurib ketayotgan paytda hujumga uchradi.

Rossiya hukmron elitasini keskin tanqid qilib kelayotgan Latininaning aytishicha, mototsikl shlemini kiyib olgan ikki shaxs yo‘lidan chiqqan va ulardan biri unga yaqin kelib, ustidan bir chelak axlat ag‘dargan. So‘ngra noma’lum shaxslar voqea joyidan yashiringan.

Latinina hujumdan keyingi radio dasturi davomida hujumchi o‘zini “Rossiya ustidan axlat ag‘darishda” ayblaganini qo‘shimcha qildi.

Keyinroq hujum aks etgan video Internetga yuklandi va uni Rossiya davlat telekanallari efirga uzatdi.

21 avgust kuni Rossiya jurnalistlari uyushmasi hujum Latininaning professional foliyati bilan bog‘liq ekanligiga ishonishini bildirdi.

Latininaning o‘zi hujum Kremlga aloqador tadbirkor Yevgeniy Prigojin haqidagi sharhlariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Progojin etakchilik qilgan xoldingga qarashli shirkatlardan biri Internet sahifalarida Kreml targ‘ibotini yoyinlash va hukumat tanqidchilarini tahqirlash bilan shug‘ullanadi.

Putin 16 yil avval hukumat tepasiga kelganidan beri bir necha taniqli jurnalist va Kreml tanqidchisi hujum va qotilliklar qurboni bo‘ldi. Muxolifat faollari Kremlni bu hujum tashabbuschilarini jazosiz qoldirib kelaëtganlikda ayblamoqda.

Latinina 2015 yil martida o‘z ismi “o‘ldirilishi kerak bo‘lgan shaxslar” ro‘yxatiga kiritilgani haqidagi mish-mishlar ortidan mamlakatni vaqtincha tark etishga majbur bo‘lgan edi. O‘shanda keltirilgan ro‘yxatga Rossiya elitasini tanqid qilganlar kiritilgani aytilgan edi.

Latinina izidan tushishganini payqaganidan keyin Rossiyadan chiqib ketishga qaror qilganini bildirgan edi.

“Novaya gazeta” mustaqil gazetasi e’lon qilgan bildiruvda Latininaning “muntazam ravishda” tahdid olishi hamda bir necha yil avval ungaa qarshi rejalashtirilgan hujum oldi olingani aytiladi.

XS
SM
MD
LG