Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:07

OzodMikrofon: “Shavkat Mirziyoevning qarorini to‘la quvvatlayman”


Ozodlikning andijonlik tinglovchisi, pensioner Sadiroxun So‘pievning OzodMikrofon bilan bog‘lanib iddao qildishicha, u yashaydigan Oltinko‘l tumanida davlat amaldorlari egallab olgan erlaridan yillardan buyon soliq to‘lamay foydalanib kelmoqdaki, Vazirlar Mahkamasi 3 avgustda qabul qilgan qaror bu holatga chek qo‘yishi mumkin.

OzodMikrofon, albatta, tinglovchidan bunday jiddiy bayonot qilish uchun asoslari bor-yo‘qligini so‘radi.

“Bor, albatta”, dedi Sadiroxun So‘piev.

Hukumat qaroriga binoan O‘zbekistondagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari yoppasiga qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 2017 yil oxiriga qadar mamlakatdagi barcha yer uchastkalari, binolar, inshootlar hajmi, soni xatlov qilinadi. Qarorda aytilishicha, hatto har bir daraxtning kimga tegishli ekani aniqlanadi.

Sadiroxun So‘piev OzodMikrofonga murojaat qilgani uchun u kishining aytganlarini aynan shu rukn formatida, ya’ni qo‘shimcha o‘rganmasdan berishga qaror qildik.

Tinglovchi tilga olgan masala yuzasidan Oltinko‘l tuman hokimligining har qanday ko‘rinishdagi izoh, bildiruv, bayonotlarini eshitish va tinglovchiga eshittirishga Ozodlik radiosi doim tayyor.

Quyida Sadiroxun So‘pievning OzodMikrofonga aytganlarini tinglang:

OzodMikrofon. Садирохун Сўпиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG