Линклар

1994 yili Toshkent shahar sudi tarafidan uyushgan jinoyatchilikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va "raskrutka" lar bilan 23 yil qamoqda o‘tirgan 59 yashar Shuhratilla Nosirov 18 avgust kuni Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi qarori bilan muddati tugagani bois qamoqdan ozod qilindi.

Shuhrat "Dombrabadskiy" kim?


Shukhrat Nosirov (Dombrabadskiy)

Shukhrat Nosirov (Dombrabadskiy)

Ozodlik tasarrufida Toshkent shahar jinoyat ishlari sudining 1994 yil 29 sentyabrida o‘qilgan hukmi bor. Bu hukm indallosida hozirda 59 yoshga to‘lgan Nosirov talonchilik, uyushgan jinoyatchilikda ayblangan.

Shuhratilla Nosirovni 15 yil ozodlikdan mahrum etish haqidagi 21 varaqlik hujjatda mahkumning qilmish tafsilotlari aks etgan.

Hukmga ko‘ra, Nosirxon masjidi mutavallisi Shuhratilla Nosirovning uyidan 10 dona o‘q, 1 dona granata va 2 grammdan ko‘proq narkotik modda chiqqan. Shuningdek, sud tergovi mobaynida Nosirov tarafidan “Toshkentmarmar” shirkatidan Nosirxon masjidi qurilishi uchun olingan marmarga oid hujjatlarida noaniqlik bo‘lgan. Sud hukmida Nosirovning avtomobillarni o‘g‘irlab, mukofot puli evaziga qaytarib bergani uyushgan jinoyatchilik sifatida malakalangan.

Sud raisi Nazarov T.X. hakamligida o‘tgan bu mahkama Shuhratilla Nosirovning mol-mulkini musodara qilish haqida ham ajrim chiqargan.

"Nosirov Shuhratdan musodara qilingan bir dona granata, 10 dona o‘q O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga qaytarilishi lozim", deyiladi hujjatda.

Shuhratilla Nosirovning oila a’zolaridan biri Ozodlik bilan suhbatda shu kunlarda sobiq mahkumning uyi to‘lib qolgani va keldi-ketdi ko‘payganini aytdi.

Oradan ikki yil o‘tib¸ Nosirovning "mashina o‘g‘risi" tamg‘asi bilan qamalishi Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Boris Yelsin e’tirofiga sabab ham bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG