Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:27

OzodJavob: O‘zbek pasportini topib olgan rossiyalik egasidan 100 dollar talab qilmoqda


Ozodlik bilan Rossiyadan bog‘langan samarqandlik mehnat muhojirining davo qilishicha, uning pasportini topib olgan mahalliy yashovchi undan 100 dollar talab qilmoqda.

Pasportini sotib olish uchun puli yetmayotganini aytayotgan 20 yoshli Alisher bu holatda qanday yo‘l tutish mukinligi bilan qiziqdi.

Avval Alisher hikoyasi bilan tanishing.

Samarqandlik Alisher bir necha oydan buyon Moskva viloyatida hammol bo‘lib ishlaydi.

U shu yilning 12 avgustida u pasportini yo‘qotib qo‘ydi.

- Ishdan keyin, magazinga sigaret olgani kirgandim. Bu yerda sigaret olayotgan yoshlardan pasport so‘rashadi. Cho‘ntagim qo‘l solsam, pasport yo‘q. Rosa qidirdim, topilmadi. Oradan 2 kun o‘tgandan so‘ng, menga bir rus yigiti telefon qilib, pasportib topilganini aytdi. Men xursand bo‘lib, qachon borib olishim mumkinligi so‘rasam, “6 ming rubl yoki 100 dollar bersang, keyin pasportingni beraman. Aks holda pasportingni politsiyaga topshiraman” deb po‘pisa qildi. Men unga yaqinda O‘zbekistondan kelganim, buncha pulim yo‘qligi, faqat qarz qilib 3000 rubl berishim mumkin deb aytdim. Keyingi kun pasportni topib olgan kishini oldiga ham borib, iltimos qildim. Baribir ko‘nmadi, dedi pasportini yo‘qotib qo‘ygan Alisher.

Alisherning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda migratsiya qaydidan o‘tishga ham ulgurmagan va “nolegal”ga aylangan. Ozodlik Alisherdan pasportini olib qo‘yib, pul talab qilayotgan rossiyalik bilan telefon orqali ulanishga muvaffaq bo‘ldi. 25-30 yoshlarda bo‘lgan bu shaxs migrantdan 6 ming rubl yoki 100 dollar miqdorida “suyunchi” puli talab qilganini inkor etmadi:

- Men sizlarga aytdimku, narx o‘zgarmaydi,6 ming rubl keltirasan, keyin pasportini olasan. Qanday inson sizlar? Pasportni tekinga olmoqchimisizlar? Nima ruslarni shunday axmoq deb o‘ylasizlarmi? Men ham pul ishlashni xoxlayman. Agar pul bermasangiz, men pasportni politsiyaga topshiraman. Uyga jo‘nab ketaverasizlar, dedi o‘zini tanishtirmagan mahalliy.

Ozodlik Radiosi ushbu vaziyatda Alisher qanday yo‘l tutishi mumkinligini bilish maqsadida Moskvadagi migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi “Tong Jahoni” tashkiloti rahbari Valentina Chupikka murojaat qildi.

- Pasport topgan har bir shaxs, pasportni politsiyaga topshirishi kerak. O‘z navbatda politsiya topilgan pasportni O‘zbekiston elchixonasiga topshirishi lozim. Qonun bo‘yicha shunday bo‘lishi kerak. Pul berib pasport olishi noto‘g‘ri. Pasportni topgan shaxsning pul talab qilayotgani bu jinoiy javobgarlik hisoblanadi. Shaxs hujjatini noqonuniy ushlab tutish bo‘yicha Rossiya qonunchiligida javobgarlik ko‘rsatilgan. Alisher ishlash ruxsatnomasi, patent olgan bo‘lmasa, noqonuniy, nolegal hisoblanadi. Uning pasporti bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar, politsiya to‘xtatib deportatsiya qiladi. Pul xarajat qilib o‘z pasportini olgandan ko‘ra, politsiyaga borib, pasrportini yo‘qotganini aytib, ariza yozgani ma’qulroqdir. Politsiya pasporti yo‘qolgani borasida hujjat yozib beradi va ushbu hujjat bilan u O‘zbekiston elchixonasiga kelib, “spravka o vozvrashchenie na rodinu”, ya’ni “vatanga qaytish” hujjatini olishi kerak bo‘ladi. Undan keyin O‘zbekistonga ketishi lozim bo‘ladi, dedi Valentina Chupik.

Rossiya qonunchiligiga binoan, o‘zga shaxsning pasportini ushlab turish, o‘rniga pul talab qilish katta jarima, uch oygacha qamoq yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, bunday shaxs tovlamachilik moddasi asosida ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG