Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:02

Putinga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan traktorchilar OMON tomonidan to‘xtatildi


Kuban fermerlari Moskvaga yurish qilmoqda
Kuban fermerlari Moskvaga yurish qilmoqda

Poraxo‘rlik va talonchilik borasida prezident Putinga arz qilish uchun Moskvaga jo‘nagan Kuban traktorchilari politsiya tomonidan to‘xtatildi. Fermerlar minib olgan traktorlar karvoni politsiya va OMON qo‘shinlari tomonidan Rostov-Don ostonasida qurshab olindi, bir necha o‘n kishi qo‘lga olindi. Krasnodar o‘lkasi prokuraturasi fermerlar shikoyatlarini ko‘rib chiqishini bildirdi. Dehqonlar esa hamon tarqalishdan bosh tortmoqda.

Fermerlar iddaosiga ko‘ra, mahalliy sud tizimi, hokimiyatda ildiz otgan korrupsiya va reyderlik chidab bo‘lmaydigan darajaga kelib qolgan.

Fermerlar politsiya tomonidan mehmonxonada to‘xtatildi
Fermerlar politsiya tomonidan mehmonxonada to‘xtatildi

Novaya gazeta” muxbirlari xabariga ko‘ra, aksiyani videotasvirga olayotgan ikki faol - Rustam Malamagamedov va Sergey Vladimirovlar OMON tomonidan qattiq kaltaklangan, mobil telefonga olingan tasvirlar majburan o‘chirib tashlangan. Ulardan biri boshi yorilgan holda shifoxonaga olib ketildi.

Qolgan kubanliklar majburan ortga qaytarib yuborildi.

“Traktor yurishi”ga Rossiya Yuk tashuvchilar jamoatchilik harakati ham qo‘shildi va uning ommalashib borayotgani mahalliy hukumatni jiddiy qo‘rquvga soldi.

22 va 23 avgust kuni fermerlar bilan uchrashuvga Krasnodar o‘lka gubernatori muovini Andrey Korobka va Janubiy Federal okrugdagi prezident vakili yordamchisi Leonid Belyaklar chiqdi. Uchrashuv davomida marsh ishtirokchilari mahalliy agroxolding kompaniyalari monopoliyachi tashkilotlarga aylanib borayotgani, kichikroq bo‘lgan xo‘jaliklar yerlarini tortib olib, sindirishga urinayotgani, ularning noqonuniy hatti-harakatlari huquq-tartibot organlari va sud tomonidan dastaklanayotgani borasida hujjatlarni taqdim etdilar.

(Igor Khoroshilovning Youtubedagi videolavhasi)

Berilgan katta va’dalarga qaramasdan, mansabdor shaxslar traktorchilarni ortga qaytishga ko‘ndira olmadi.

- Bizga yo‘lni ochib berishga ko‘maklashing, mashinalarimizni qaytarib berishsin. Biz Voronejga yuramiz va mumkin o‘sha yerda fermerlar butunrossiya qurultoyini o‘tkazamiz, deya talab qo‘ydi ishchilar.

Fermerlar yurishi to‘xtatilgani va politsiya tomonidan bostirishga urinayotgani borasida birinchilar qatorida Sverdlovsk viloyatidan

Vasiliy Melnichenko
Vasiliy Melnichenko

bo‘lgan taniqli fermer Vasiliy Melnichenko xabar berdi. U bundan bir necha yil oldin birinchilar qatorida Rossiya qishloq xo‘jaligida vujudga kelgan ayanchli ahvol borasida Moskva iqtisodiy forumida xabar berishga urinib ko‘rgan.

- Bu bizning yerimiz. Biz xalqmiz. Biz nima qilishni buyurishimiz kerak. Ana o‘shanda bizda tartib bo‘ladi. Xalq buni kutayapti, va islohotlarni tepadan amalga oshirish lozim. Agarda odamlar pastdan o‘zgartirishga kirishsa – 1917 yil bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, axir biz stabillik tarafdorimiz, dedi "traktorchilar yurishi"ga qo‘shilgan Vasiliy Melnichenko.​

Ayni paytda, fermerlar noroziligi boshlanganidan uch kun o‘tib, 23 avgustda, Krasnodar o‘lkasi prokuraturasi kubanlik dehqonlar talablarining qonuniyligini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi. Prokuratura yerlarning qayta taqsimlanishi qonuniyligini va fermerlar tomonidan ilgari surilgan boshqa talablar asosida tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.

Hozirga kelib norozilikda ishtirok etayotgan traktorlar boshqa texnika Rostov viloyatining Dorojniy qo‘rg‘onidagi mehmonxonalardan birida blok qilingan. Bu orada aksiya ishtirokchilari joylashgan qo‘rg‘onga Moskvaga yurishini to‘xtatish iltimosi bilan qator amaldor va mahalliy hukumat vakillari besamara tashrif buyurib qaytdi.

XS
SM
MD
LG