Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:50

Mustaqillik arafasida militsiya hodimlariga yangicha bosh kiyim tarqatildi


24 avgustdan boshlab O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi hamda vazirlikka qarashli harbiy qism xodimlariga yangi bosh kiyimlari (furajka)lar tarqatila boshlandi. Ozodlik suhbatlashgan militsiya zobitlari yangi furajkalarning oldingisidan ancha ko‘rkam ekanligini aytishdi.

Respublikasining “Ichki ishlar idoralari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan bayramona kiyinishini tashkil qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Militsiya xodimlari o‘z kiyimini o‘zi sotib oladi deydi IIV hodimlaridan biri:

“Yangi furajkalar ichki ishlar organlarining barcha yo‘nalishdagi xodimlari, xususan, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xizmati singari bo‘limlari uchun ham majburiydir. Mazkur bosh kiyimining narxi 99 500 so‘m bo‘lib, u vedomostь orqali ichki ishlar xodimining oylik maoshidan chegirib qolinadi” deydi nomini ochiqlamaslikni so‘ragan militsiya xodimi.

O‘zbekiston IIV ning podpolkovnik rutbasidagi zobiti ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ kiyim uchun pul olinishidan shaxsiy tarkib hursand emas:

-Bosh kiyim uchun pul chegirgani ma’qul emas bizlarga. Shu bois ba’zi zobitlar Yangiobodga borib 50 ming so‘m berib furajka olib kelishmoqda. Furajka oldingisiga qaraganda anchayin ko‘rkam, tantanalar, marosimlarda kiyiladigan furajka o‘ylab topishgan. Soyoboni sal uzun va bichimi chiroyli. Oldingisi sal noqulay edi. Men to‘rt yil kiyganman bitta furajkani¸ deydi suhbatdosh.

Toshkent shahar IIB si tarkibida katta leytenant unvonidagi zobitlardan biri Ozodlik bilan suhbatda eski tarzdagi furajkalarning sifati past bo‘lganini aytib berdi:

- Tez yirtilib ketardi. Yoki yomg‘irda unniqib¸ rangi o‘ngib qolar edi. Shuning uchun biz o‘z hisobimizdan furajka tiktirar edik. Sal sifati tuzukroq materialdan atelyega buyurtma berardik¸ deydi suhbatdosh.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi shu paytga qadar old soyaboni kichik bo‘lgan aylana shaklidagi yashil rangli bosh kiyimlaridan foydalanib kelayotgan edi.

Ayrim vaziyatlardagina yuqori unvonli zobitlar yoki bayram-paradlarida militsiyaning rahbar organlari keng soyabonli, aylana uzunligi 40 santimetrdan kam bo‘lmagan maxsus bosh kiyimlaridan foydalanishadi.

“Bosh kiyimlaridan tashqari militsiya formasining yangi bichimlarini amalga tatbiq qilish masalasi ham bir necha yillardan beri o‘rganilmoqda.

Xususan, vazirligimizning Moliya-iqtisod va xo‘jalik boshqarmalari hamkasblarimizning yangi turdagi ust-boshlari masalasida ishlashmoqda. Lekin militsiyada libos o‘zgarganidan mohiyat o‘zgargani yaxshi edi” deydi militsiya xodimi.

Eslatib o‘tamiz, 24-25 avgust kunlari Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi muhokamasida O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar idoralari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Ozodlik bilan suhbatlashgan zobitlar bu qonun asosida militsiya kalimasi o‘ringa politsiya atamasi qo‘llanilishini istamasliklarini izxor qilishdi.

XS
SM
MD
LG