Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:28

Tojikiston qarindoshlar nikohiga qo‘yilgan cheklovni yanada kuchaytirdi


Tojikistonda yaqin qarindoshlarning nikoh qurishi taqiqlangani haqidagi birinchi iyulda qabul qilingan qonundan so‘ng, endi bo‘lajak eru-xotinlar nikohdan oldin yaqin qarindosh emasligini tasdiqlovchi tibbiy hujjat taqdim etmog‘i shart.

Tojikiston hukumati yangi turmush quradigan yoshlarga rasmiy qayddan o‘tish paytdida ularning yaqin qarindosh emasligini tasdiqlovchi tibbiy hujjat ko‘rsatilishi haqida maxsus nizom qabul qildi.

Nizom mualliflaridan birining aytishicha, sog‘lom oila tashkil qilish va irsiy kasalliklari bor bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida iyulь oyidan boshlab yoshlar uylanmoqchi bo‘lgan yori bilan yaqin qarindosh emasligi yoki tug‘ilajak farzandining nosog‘lom bo‘lish ehtimoli yo‘qligi haqida olingan tibbiy ma’lumotnomani nikohdan oldin taqdim etishi shart:

“Bo‘lajak juftlar nikohdan oldin obdon tekshiriladi. Masalan, ularning qonlari bir xil emasligi, jinsiy kasalliklari bor-yo‘qligi, VICh ki SPID yoki sifilis emasligi tekshirib ko‘riladi”

Nizomga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar tekin qilinadi va uzog‘i bilan ikki haftada uning javobi aytiladi.

Agar tekshiruv yaxshi chiqmasa, bu juftlikdan kelajakda nosog‘lom farzandlar tug‘ilishi ehtimoli katta bo‘lsa, bu narsa ularga yotig‘i bilan tushuntiriladi. Mabodo tekshirluvchilarda VICh yoki SPID aniqlansa ular majburiy davolanishga jo‘natilib, doimiy nazoratga olinadi.

“Biroq, bizga murojaat qilganlarning tibbiy sirini oshkor qilishga hech kimning haqqi yo‘q va bu qonun bilan ta’qib qilinadi”, dedi nizom mualliflaridan biri.

Tojikistonda 1 iyuldan boshlab yaqin qarindoshlarning oila qurishini taqiqlovchi qonun kuchga kirgan edi.

Bu qonun loyihasi aka-uka va opa-singillarning quda bo‘lishi keng tarqalgan Tojikistonda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Mazkur odatni man qilish tarafdorlari ota-onasi yaqin qarindosh bo‘lgan bolalarda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar ko‘proq uchrashini aytib keladi. Unga qarshilar esa mazkur bog‘liqlikni tasdiqlovchi ko‘proq dalil kerakligini ta’kidlaydi.

Tojikistonda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakatda 25 300 nafar nogiron bola qayd etilgan. Ularning 30-35 foizi bir-biri bilan yaqin qarindosh bo‘lgan ota-onalarning farzandlaridir.

Davlat matbuoti hamda hukumat rasmiylari yaqin qarindoshlarning oila qurishi keltirib chiqaradigan tahdidlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning birinchi choragida qarindosh bo‘lgan kamida 60 juftlik oila qurgan. Solishtirish uchun avvalgi yillarda bu hol necha marta kuzatilgani bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG