Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:56

Senat O‘zbekiston militsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi


25 yillik mustaqillik davomida o‘zbek militsiyasi maxsus qonunsiz amal qildi
25 yillik mustaqillik davomida o‘zbek militsiyasi maxsus qonunsiz amal qildi

24 avgust kuni O‘zbekiston Senati yalpi majlisida bir ovozdan ma’qullangan "O‘zbekiston ichki ishlar organlari to‘g‘risida", deb nomlangan qonun prezident Karimov tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

Bunga qadar IIV strukturasi, odatan, jamoatchilikka oshkor qilinmaydigan ichki yo‘riqnomalar, normativ hujjatlar va 1991 yilda qabul qilinganO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizom asosida faoliyat yuritib keldi.

Garchand qonundan umidlar katta esada, bu hujjat muhokama uchun jamoatchilikka taqdim etilmadi va hamon bu qonun militsiya faoliyatida qanday burilishi yasashi mavhum qolmoqda.

Ismi oshkor etilishini istamagan toshkentlik militsiya xodimi Ozodlik bilan suhbatda o‘zining qonundan umidvor ekanini aytadi. Unga ko‘ra, bugungi kunda ayniqsa militsiya xodimlarining me’yorsiz ish soatlari, muntazam davom etadigan "kazarma" tartibi, ortiqcha mehnatga haq to‘lanmasligini militsiyaning ko‘p nolishiga sabab bo‘lmoqda.

Garchi, o‘zbekistonlik huquq himoyachilari, siyosatshunoslar va xalqaro tashkilotlar mustaqillik yillaridan buyon militsiya to‘g‘risida qonun yo‘qligini qayta-qayta aytib kelayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston prezident Islom Karimov 2015 yil dekabrda ilk bor militsiya faoliyatini qonuniy tartibga solish zaruratini tilga olgan edi.

Karimov tanbehi

Konstitutsiyasining 23 yilligiga so‘zlagan nutqida prezident mamlakatda ichki ishlar organlari xodimlari ishini tartibga soluvchi qonun yo‘qligi va 2015 yilning 9 oyida aholidan tushgan shikoyatning asosiy qismi huquq-tartibot idoralari ustidan ekanini qayd etgan edi:

"... hozirgi paytgacha ichki ishlar organlari va huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga soladigan qonunning yo‘qligini normal holat, deb bo‘lmaydi. Birinchi galda qonun ustivorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zudlikda ularning (Ichki ishlar organlari xodimlarining - tahr.) maqomi, formasi va ish uslubini aniqlash hamda tuzatishlar kiritish lozim".

Prezident O‘zbekistonda "qonunni qo‘pol ravishda buzayotgan" IIV va prokuratura xodimlari soniga oid ma’lumotlarni ham tilga olgandi:

"... 9 oy ichida aholidan amaldorlar, huquq-tartibot idoralari va nazorat organlariga oid tushgan 500 shikoyatning har beshinchisi ichki ishlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidandir... Shu bois, Oliy Majlis Senati qisqa muddat ichida aslida prokuraturaning faoliyati qonuniyligi va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishi lozim".

O‘zbekiston prezidenti bunga qadar O‘zbekiston IIV va prokuratura organlari haqida bu qadar jiddiy nuqt so‘zlamagan edi.

Mustaqillik yillaridan buyon fuqarolik jamiyati faollari, inson huquqlari himoyachilari hamda xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning bu boradagi bayonotlari, chaqiriqlariga ham O‘zbekiston tomonidan jiddiy munosabat bildirilmagan.

O‘zbekiston prezidentining ana shu tanbehi ortidan 2016 yil davomida O‘zbekiston Senatida Bosh prokuratura va prokuraturaning barcha organlari ustidan nazorat olib boruvchi maxsus komissiya tuzildi.

O‘zbekiston prezidenti 8 avgust kuni imzolagan farmonga muvofiq mamlakat prokuraturasi tizimidagi xodimlar soni 817 nafarga qisqarib, 4754 nafardan 3937 nafarga tushiriladigan bo‘ldi.

IIV, Prokuraturadan so‘ng navbat MXX gami?

Endilikda IIV to‘g‘risidagi qonun ham qabul qilinsa, sirada O‘zbekiston MXX xizmati qoladi. Zero, O‘zbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida ham shu paytgacha qonun qabul qilinmagan.

Bu tashkilot ham 1991 yil 2 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi Nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Hujjatda tashkilotning asosiy vazifasi razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, davlat sirlari va axborotni muhofaza qilish, xalq xo‘jaligi va boshqa ob’ektlarda xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar ekani qayd qilingan.

Darvoqe, prezident Karimov IIV va prokuratura organlari xodimlarining kamchiliklari, "qo‘pol qonunbuzarliklari"ni birma-bir, misollar bilan sanagan nutqida MXX faoliyati haqida konkret ma’lumot bermagan edi.

XS
SM
MD
LG