Линклар

logo-print

Qashqadaryoda 10 yashar qizchani zo‘rlagan pedofil qidirilmoqda


Pedofil 10 yashar qizchani kimsasiz dalada zo‘rlab¸ qochib ketgan.

Pedofil 10 yashar qizchani kimsasiz dalada zo‘rlab¸ qochib ketgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 10 yashar qizning nomusiga tajovuz qilgan noma’lum shaxs qidirilmoqda. Qizchani zo‘rlab, qochib ketgan pedofilni qidirish uchun tuman militsiyasi oyoqqa turgan. Qattiq shok holatiga tushgan qizcha¸ voqea tafsilotidan bevosita xabardor Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ o‘zini zo‘rlagan shaxsni tanimasligini aytgan.

Qarshi tuman markazi Beshkent shahrida istiqomat qilgan 10 yashar qizcha (qizchaning ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum¸ axloq qoidalari nuqtai nazaridan oshkor qilinmaëtir – tahr.) 19 avgust kuni noma’lum shaxs tomonidan zo‘rlandi.

Ozodlikka 25 avgust kuni yetib kelgan bu voqea tafsilotlarini ismi sir qolish sharti bilan gapirib bergan mahalliy faollardan biri¸ hozircha jinoyatni sodir qilgan shaxsga oid aniq ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

“Uchastka nozirimizning aytishicha, qizcha ertalab soat o‘nlarda ko‘chada o‘ynab yurganda, uni noma’lum shaxs aldab, shahar chetidagi dalaga olib borib zo‘rlagan va o‘zi qochib ketgan. Qizcha uyga yig‘lab kelib, onasiga aytib bergan. Keyin melisalar keldi. Qizchani do‘xtirxonaga olib borib, ekspertiza qilishdi. Haqiqatan ham uning nomusiga tajovuz bo‘lgan ekan. Qizcha shunchalik shok holatda bo‘lganki, hatto zo‘rlangan joyni aniq ko‘rsatib berolmagan”, dedi mahalla faollaridan biri.

Qarshi tuman hokimiyatida ishlaydigan Ozodlik manbasi, shunday voqea bo‘lganini tasdiqlar ekan, tajovuzkorni qidirish uchun tuman militsiyasi oyoqqa turganini aytdi.

“Qariyb bir haftadan buyon kechayu-kunduz qidiruv ishlari olib borilayapti. Sudlanib chiqqanlar tekshirilayapti. Qizchaning so‘zlariga qarab chizilgan fotorobot barcha aholi punktlariga yopishtirib chiqilgan. Barcha versiyalar obrabotka qilinayapti. Qizaloqqa og‘ir jismoniy va ruhiy zarar yetgan. U hozirgacha karaxt holatidan chiqqani yo‘q”, dedi hokimlik mulozimi.

O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlash jinoyatiga oid ma’lumot ham rasmiylar¸ ham jabrlanuvchilar oilalari tomonidan¸ aksar hollarda¸ jamoatchilikdan sir tutiladi.

Shunga qaramay¸ bunday jinoyatlarning ayrimlariga oid ma’lumot Ozodlikka mobil muxbirlar ko‘magida etib kelmoqda.

O‘tgan yil oktyabr oyida Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktablardan birida o‘qiydigan 5-sinf o‘quvchisini muqaddam sudlangan 36 yashar yigit zo‘rlagan edi. Zo‘rlangandan so‘ng urib chalajon qilingan qizaloqning hayoti saqlab qolingan edi.

Jizzax viloyati Baxmal tumani markazida o‘tgan yilning 19 may kuni yo‘qolgan 1-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi oradan qariyb ikki kun o‘tganidan so‘ng o‘lik holda topilgan edi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, qotil to‘qqiz yoshli qizchani zo‘rlagan va uni bo‘g‘ib o‘ldirib, jarlikka tashlab ketgan.

O‘tgan yilning 27 iyulida Samarqandda yosh qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan 63 yoshli fermer hamqishloqlari tarafidan sazoyi qilingan edi.

Bu voqeadan to‘rt kun o‘tib, Samarqandda 17 yoshli qiz 63 yoshli hamqishlog‘i tarafidan jinsiy zo‘rlanish ortidan o‘zini o‘zi osib qo‘ygan edi.

Joriy yil avgust oyida Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida militsiya xodimi tomonidan zo‘rlangan qiz o‘z joniga qasd qilgan¸ ammo sirka ichgan qizning hayoti kasalxonada saqlab qolingan edi.

XS
SM
MD
LG