Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:59

Xorazmda ko‘chaga o‘ynashga chiqqan 2 yashar qizaloq g‘oyib bo‘ldi


IIB Xorazmda avval bola yo‘qolmaganini iddao qilmoqda
IIB Xorazmda avval bola yo‘qolmaganini iddao qilmoqda

23 avgust kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanida ikki yashar qizchaning bedarak yo‘qolgani haqidagi xabarlar aholi orasida vahima uyg‘otdi, tumanda pedofil bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlar urchishiga sabab bo‘ldi. Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ hozirda qizaloqni qidirishga nafaqat tuman¸ balki viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham jalb qilingan.

Xorazmning Xonqa tumani Amudaryo qishlog‘ida yashovchi Xo‘janiyozovlar oilasining ikki yashar farzandi Zarifa 23 avgustdan buyon bedarak qolmoqda.

Qizchaning buvisi Boljon opa Ozodlik bilan suhbatda nevarasini bola o‘g‘rilari olib ketganini gumon qilayotganini ekanini aytadi:

-O‘sha kuni kech sakkiz yarimlar atrofida qiz ko‘chaga chiqib ketgan. 15 minutni ichida qiz yo‘q. Hali ikkiga to‘lmagan qiz, qaerga ketishi mumkin? Yo‘ldan mashina, mototsikl o‘tib turibdi. O‘g‘irlashgan, deb o‘ylayapmiz, - deydi Boljon opa.

Қизчанинг бувиси Болжон опа неварасини бола ўғрилари олиб кетган, деган гумонда.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00
Бевосита линк

O‘sha kuni kech sakkiz yarimlar atrofida qiz ko‘chaga chiqib ketgan. 15 minutni ichida qiz yo‘q. O‘g‘irlashgan, deb o‘ylayapmiz
Boljon opa

​Xorazm huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi qizchani qidirish ishiga tuman militsiyasi to‘liq jalb etilganini bildirdi:

- Qiz uyda qarovsiz qolib uyidan tashqariga chiqib ketganmi, xullas yo‘q-da. Ota-onasi qaramagan. Hozir ularni uyidan bir kilometr radiusdagi hamma joy tekshirilayapti, dedi Ozodlik manbasi.

Zarifaning yo‘qolib qolishi Xorazmda pedofil bola o‘g‘rilari haqidagi vasvasani yanada kuchaytirdi.

Ozodlik bilan suhbatda xonqalik uch farzandning onasi Gulsara opa¸ bunday vahimalar ortidan yozning issiq kunida bolalarini ko‘chaga chiqarishdan qo‘rqib qolganini aytadi.

"Odamlarning orasida vahima katta. Pedofil o‘g‘ri paydo bo‘libdi, deyishayapti. Bolalarni organlari uchun o‘g‘irlashayapti, degan gaplar ham quloqqa eshitiladi. Shuning uchun endi ko‘pchilik bolalarini ko‘chaga chiqarmayapti, - deya xavotir bilan gapirdi Gulsora opa.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Ozodlik bog‘langan mulozimi Zarifaning sirli tarzda g‘oyib bo‘lishi Xorazmda bolalar yo‘qolishi bilan bog‘liq yagona holat ekani va bu borada ortiqcha vahimaga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

Xorazm IIB xonqalik qizaloqni qidirish ishlari davom etayotgani¸ uni ko‘rgan-bilganlar mahalliy militsiyaning 226-37-10 telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG