Линклар

Ozodlik mobil muxbiri Namangan shahrida maktab yoshidagi bolalarning mardikorchilik qilayotganiga rasmiylarning befarq qolayotganini aniqladi. Namanganda yosh bolalarning arava tortayotgani yoki mashina yuvayotgani oddiy aholi uchun kundalik manzaraga aylangan bir paytda bu holatni rasmiylar inkor qilmoqda.

Yoz bo‘yi mardikorchilik qilgan bollarning ayrimlari yiqqan puliga maktab formasini sotib olishini aytmoqda.

Ayni paytda¸ Namangan ta’lim boshqarmasi bolalarning mardikorchilik qilayotganini rad etishga urindi.

28 iyulda bo‘lib o‘tgan hukumat selektr majlisida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev maktab o‘quvchilari mehnatidan foydalanganlar jazolanishini ma’lum qilgandi.

O‘quvchi mardikorlar

Ozodlik mobil muxbirining aytishicha, u shahardagi Chorsu bozori ichi va atrofida 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘nlab bolaning arava tortayotgani yoki mashina yuvayotganini aniqladi.

Bolalarning ba’zilari Ozodlik mobil muxbiri bilan suhbatda, maktab formasini sotib olishda ota-onalariga yordam berish uchun mardikorchilik qilishga majbur bo‘lishayotganini aytgan.

Maktab formasi uchun mardikorchilik qilyapman

2012 yilda Namangan xalq ta’lim boshqarmasi, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, shahardagi maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun maxsus formalar joriy etgan edi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning maktab formasini sotib olish maqsadida mardikorchilik qilayotganini inkor etdi.

Majburiy forma

Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolar ekan Namangan shahridagi maktablar ma’muriyatlari ota-onalardan farzandlariga maktab formasi sotib olishni talab qilmoqda.

Maktab formasini sotib olish majburiy, - dedi shaharning Chorsu dahasida istiqomat qiluvchi ayol. – Forma puli 110 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha.”

Ikki farzandi o‘rta maktabga borayotgan bu ayolning ilova qilishicha, maktab ma’muriyati talab qilingan mablag‘ni topshirmagan o‘quvchilar maktabga qo‘yilmasligi haqida ota-onalarni ogohlantirgan.

Namangan shahridagi o‘rta maktab o‘qituvchilaridan biri, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligining maxsus buyrug‘iga asosan, har bir maktab alohida maktab formasiga ega ekanini aytdi.

Ismi oshkor etilishini istamagan bu o‘qituvchi so‘zlariga ko‘ra, "​kam ta’minlangan oilalarga maktab formalari arzon narxda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan".

Maktab yoshidagi bolalar bozorlarda ishlashayotgani yo‘q.

Maktab libosi haqidagi tartibga ko‘ra, o‘qituvchilarga xohlagan rangni tanlash imkoni berilgan.

Lekin bitta maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari faqat bir xilda rangda kiyinishi shart hisoblanmoqda.

Iqror va inkor

Ozodlik bilan suhbatlashgan ota-onalarga ko‘ra, farzandlariga maktab formasi sotib olishga qiynalayotgan kamdaromad oilalar farzandlarini mavsumiy ishlarga yuborishga majbur bo‘layotir.

Namangan shahridagi 15-o‘rta maktab o‘qituvchilaridan biri yoz mavsumida bolalarni ishlatmaslik to‘g‘risida ota-onalardan tilxat yozib olinganini aytdi.

Ammo Ozodlik o‘z tekshiruvi davomida o‘nlab bolalarning mashina yuvayotgani, balon bo‘yayotgani yoki arava tortayotganini aniqladi.

Arava tortayotgan yoki mashina balonlarini bo‘yayotgan bolalar

Arava tortayotgan yoki mashina balonlarini bo‘yayotgan bolalar

Bolalarning ayrimlari maktab formasini sotib olish uchun mardikorchilik qilishga majbur bo‘lganliklarini aytdi.

Biroq Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining boshlig‘i Vohidjon Rajabov Ozodlik bilan suhbatda Chorsu bozori ichi va atrofida balog‘atga etmagan bolalarning mehnat qilayotganini inkor etdi.

"Xalqaro Mehnat Tashkiloti qo‘ygan normalarga muvofiq ish tutayapmiz. Maktab yoshidagi bolalar bozorlarda ishlashayotgani yo‘q. Muxbiringiz bo‘lsa, borib o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin," dedi Vohidjon Rajabov.

10 yashar Abdulaziz

10 yashar Abdulaziz mashina yuvadi

10 yashar Abdulaziz mashina yuvadi

10 yoshlik Abdulaziz har kuni ertalabdan Chorsu bozoridan bir kilometr uzoqlikdagi "G‘ishtko‘prik"ka oshiqadi.

U yoz bo‘yi yo‘lovchilar mashinasini yuvish bilan band bo‘ldi.

"Uyimizda sharoitimiz og‘ir bo‘lgani uchun ota-onamga yordam berayapman," deydi Abdulaziz.

Abdulaziz kelajakda sportchi bo‘lmoqchi

Abdulaziz kelajakda sportchi bo‘lmoqchi

Abdulaziz darsga qatnash uchun maktab formasi sotib olishi kerakligini aytadi.

"Maktab formasi uchun mardikorchilik qilyapman", deydi Abdulaziz.

U kelajakda professional sportchi bo‘lishni orzu qiladi.

Kompyuterchi bo‘lishni orzu qilgan Hasanboy

Hasanboy mashina balonlarini bo‘yab pul topadi

Hasanboy mashina balonlarini bo‘yab pul topadi

Hasanboy yaqinda 14 yoshga to‘ldi. Uning otasi yo‘q.

U ham Abdulaziz singari pul topish uchun "G‘ishtko‘prik"ka qatnaydi.

Hasanboy mashinalar balonini qoraytirib pul topishi va onasiga ro‘zg‘or tebratishda yordam berishini aytadi.

Hasanboy yolg‘iz onasiga oila tebratishda yordam beradi

Hasanboy yolg‘iz onasiga oila tebratishda yordam beradi

"Kuniga 15 ming so‘mgacha topaman, kelajakda kompyuter sohasida o‘qish niyatim bor," deydi Hasanboy.

Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra, "G‘ishtko‘prik"da ishlayotgan bolalarning yoshi 15dan oshmaydi.

Mobil muxbiriga ko‘ra, u bilan gaplashgan bolalarning ba’zilari "kelajakda kim bo‘lmoqchisan?" degan savolga javob berishga qiynalishdi.

Arava tortgan bolalar

Ozodlik muxbiri Namangan shahridagi Chorsu bozorida arava tortayotgan "o‘nlab maktab bolalari"ni suratga olganini aytdi.

Bu bolakay endi sakkizga to‘ldi

Bu bolakay endi sakkizga to‘ldi

Mobil muxbir bozorda arava tortgan bolalarning eng kichigi 8 yoshda ekanini aniqlagan.

Namangan bozorida arava sudrayotgan maktab o‘quvchisi

Namangan bozorida arava sudrayotgan maktab o‘quvchisi

Aravakash bolalar Ozodlik mobil muxbiriga ma’lum qilishicha, Chorsu bozori ma’muriyati har bir arava uchun kuniga 5 ming so‘mdan 7 ming so‘mgacha ijara puli olmoqda.

XS
SM
MD
LG