Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:06

Moskva politsiyasi: "Jinsiy tajovuzlarning 75 foizini kelgindilar sodir etadi"


Moskva politsiyacining yuqori mulozimi Rossiya poytaxtida jinsiy zo‘rlash asosdagi jinoyatlarning aksari markaziy osiyolik muhojirlar tomonidan sodir etilishini da’vo qildi. Ammo mutaxassislar bu raqamlarga katta shubha bilan qarash zarurligini aytadi.

Moskva ichki ishlar vazirligi jinoiy qidiruv rahbarining muovini Mixail Trubnikovning aytishicha, Moskvada zo‘rlash hollari bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarning “75 foizi kelgindilar tomonidan amalga oshiriladi.”

Ushbu jinoyatlarni sodir etgan kelgindilarning 90 foizi Markaziy Osiyoning Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlariga to‘g‘ri keladi,” deb aytdi Trubnikov.

Unga ko‘ra, statistika bo‘yicha o‘tgan yilga solishtirganda Moskva mintaqasida jinoiy zo‘rlashga oid jinoyatlar miqdori kamaygan.

Uning aytishicha, ayollarni zo‘rlash jinoyatlariga, asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistoan vatandoshlari qo‘l urishadi.

Biroq kuzatuvchilar odatdagidek bu gal ham muhojirlar jinoyatlariga oid keltirilgan raqamlar aniq asoslanmaganini ta’kidlashadi.

Sankt-Peterburgdagi Yevropa Universiteti professori, migrantlar masalalari bo‘yicha tadqiqotchi Sergey Abashin Ozodlik bilan suhbatda Moskva politsiyasi yuqori mulozimi keltirgan raqamlarni mustaqil manbalar tomonidan tekshirish imkonsiz ekanini aytdi.

Muammo shundaki, biz berilgan raqamlarning qanchalik to‘liqligini bilmaymiz. Politsiya rahbari aytayotgan 75 foiz sodir etilgan jinoyat, qaysi davrda sodir etilgani va zo‘rlashga oid jinoyatlarning qanchasi sudga oshirilgani, sudda isbotlagani va hukm chiqarilgani noma’lum. Keltirilgan raqamlarga biror aniqlik yo‘q”, deydi Sergey Abashin.

Uning ishonishicha, Moskva politsiyasi rahbarining bayonoti Rossiya jamiyatida muhojirlarga nisbatan shakllangan munosabatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Politsiya mulozimining so‘zlari, albatta, muhojirlarga nisbatan yovqarash kayfiyatni bir oz kuchaytiradi. Lekin bunday munosabat, vaqt o‘tishi bilan, matbuotdagi shov-shuvlar to‘lqini pasaygandan so‘ng, unutiladi. U aksilmuhojir kayfiyatini ataylabdan kuchaytirishga urinmoqda, deb o‘ylamayman. O‘xshash bayonotlar Moskva hokimiyati rahabarlaridan so‘nggi 5-6 yil davomida davomli yangrab kelmoqda, dedi Abashin.

Rossiyada sodir etilayotgan jinoyatlarning aksari mehnat muhojirlari tomonidan sodir etilishiga oid bayonotlarni Rossiya Federal migratsiya xizmatining sobiq rahbari Konstantin Romodanovskiy bir necha bor rad etgandi.

O‘z navbatda Rossiya rasmiylari Moskvada muhojirlar tomonidan sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar miqdori so‘ngi yillarda ko‘payganini aytishadi.

XS
SM
MD
LG