Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:42

Xorazmda yo‘qolgan ikki yoshli Zarifaning hamon daragi chiqmadi

Xorazm viloyatining Xonqa tumani Ichki ishlar bo‘limi rasmiylari 23 avgust kuni yo‘qolgan 2 yoshli Zarifa Xo‘janiyozovani ko‘rgan-bilganlardan ma’lumot berishni so‘ramoqda, yirik miqdorda suyunchi puli ham va’da qilmoqda.

Zarifaning yo‘qolganiga besh kun bo‘lyapti, hamon daragi chiqqani yo‘q, deydi Ozodlik bilan suhbatda Zarifaning buvisi Boljon opa.

- Bugun beshinchi kun, topolmayapmiz. Iltimos, ko‘rgan-bilganlar yordam bering qizimizni topishga, - deya zorlanadi Boljon opa.

Xorazmning Xonqa tumani Amudaryo qishlog‘ida yashovchi Xo‘janiyozovlar oilasining ikki yashar farzandi Zarifa 23 avgustdan buyon bedarak qolmoqda.

Xorazm IIB xonqalik qizaloqni qidirish ishlari davom etayotgani¸ uni ko‘rgan-bilganlar mahalliy militsiyaning 226-37-10 telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini e’lon qildi.
Xorazm IIB xonqalik qizaloqni qidirish ishlari davom etayotgani¸ uni ko‘rgan-bilganlar mahalliy militsiyaning 226-37-10 telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini e’lon qildi.

​Qizchaning buvisi Boljon opa Ozodlik bilan suhbatda nevarasini bola o‘g‘rilari olib ketganini gumon qilayotganini aytadi:

-O‘sha kuni kech sakkiz yarimlar atrofida qiz ko‘chaga chiqib ketgan. 15 minutni ichida qiz yo‘q. Hali ikkiga to‘lmagan qiz, qaerga ketishi mumkin? Yo‘ldan mashina, mototsikl o‘tib turibdi. O‘g‘irlashgan, deb o‘ylayapmiz, - deydi Boljon opa.

​Xorazm huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi qizchani qidirish ishiga tuman militsiyasi to‘liq jalb etilganini bildirdi:

- Qiz uyda qarovsiz qolib uyidan tashqariga chiqib ketganmi, xullas yo‘q-da. Ota-onasi qaramagan. Hozir ularni uyidan bir kilometr radiusdagi hamma joy tekshirilayapti, dedi Ozodlik manbasi.

Zarifaning yo‘qolib qolishi Xorazmda pedofil bola o‘g‘rilari haqidagi vasvasani yanada kuchaytirdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Ozodlik bog‘langan mulozimi Zarifaning sirli tarzda g‘oyib bo‘lishi Xorazmda bolalar yo‘qolishi bilan bog‘liq yagona holat ekani va bu borada ortiqcha vahimaga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

Xorazm IIB xonqalik qizaloqni qidirish ishlari davom etayotgani¸ uni ko‘rgan-bilganlar mahalliy militsiyaning 226-37-10 telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG