Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:30

Moskvadagi omborxonada yong‘in: 17 qirg‘izistonlik ishchi halok bo‘ldi


Rossiya poytaxti Moskvaning shimoli-sharqida tipografiya mahsulotlari saqlanadigan omborxonada 27 avgust kuni kelib chiqqan yong‘in oqibatida 17 halok bo‘ldi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, yong‘in qurbonlarining hammasi shu omborxonada ishlagan qirg‘izistonlik mehnat muhojirlaridir.

Yong‘in qurboni bo‘lgan qirg‘izistonlik ishchilar omborxonada noqonuniy yashab kelganliklari aytiladi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo‘limi rahbari Ilьya Denisov yong‘inga tez yonuvchan maxsulotlar saqlanadigan omborxonada buzuq chiroqdan foydalanilgani sabab bo‘lganini aytdi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘in ro‘y bergan omborxonadan 16 odamning jasadini va yong‘indan jarohat olgan yana to‘rt odamni chiqarishgan.

Jarohatlanganlardan biri kasalxonada jon bergan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi tipografiya omborxonasidagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi ochganini bildirdi.

Qo‘mita mulozimlariga ko‘ra, omborxonada yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan, yong‘indan ogohlik tizimi va o‘t o‘chirish uskunalari bo‘lmagan.

Tirikchilik ilinjida Rossiya poytaxti Moskvaga kelgan markaziy osiyolik mehnat muhojirlarining soni bir necha millionga etadi.

Moskva Federal migratsiya rasmiylariga ko‘ra, hozirda Rossiya poytaxtida 500 mingdan ziyod qirg‘izistonlik bor.

XS
SM
MD
LG