Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:39

Ahmadboy xazinachisi uyidan ikki moshina pul musodara qilindi


Bundan avval ham Ahmadboy ofisidan bir necha million dollar va milliardlab so‘m musodara qilingan edi
Bundan avval ham Ahmadboy ofisidan bir necha million dollar va milliardlab so‘m musodara qilingan edi

O‘zbekiston huquq tizimlari chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboev moliyaviy piramidasini tergov qilish davomida uning Izzat ismli xazinachisi uyidan juda ko‘p miqdordagi naqd pul va valyutani musodara qildi. Toshkent viloyati huquq idorasidagi Ozodlik manbasi bu xabarni tasdiqlar ekan, yashirilgan pullar to‘rt metr chuqurlikda maxsus qurilgan bunkerdan topilganini aytdi. Moliyaviy piramida tuzganlikda ayblanayotgan chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunovning xazinachisi bo‘lgan Izzatning uyiga Toshkentdan yuborilgan maxsus guruh Chinozga 26 avgust kuni kelgan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan chinozlik manbaning aytishicha, militsiya xodimlari uyni o‘rab olgan va hech kimni u erga yaqinlashtirmagan:

“Izzat kassirning uyidan kecha rosa ko‘p pul topishdi. Uni ikkita Isuzi mashinasiga yuklashayotganini uzoqdan ko‘rdik. Aytishlaricha, Izzat kassir uyida pul saqlash uchun qurgan maxsus bunker to‘rt metr chuqurlikda ekan. Ana o‘sha yerdan topishdi”, dedi chinozlik manba.

Toshkent viloyati huquq idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi Ahmadboy xazinachisi uyidan katta miqdordagi pul musodara qilinganini tasdiqladi:

“Izzat degan Ahmadboy kassirining uyida katta miqdordagi valyuta va o‘zbek so‘mi saqlanayotgani haqidagi ma’lumot tergov davomida aniqlangan. Bunkerdan o‘zbek so‘mi bilan birgalikda valyuta ham topilgan. Lekin menda musodara qilingan pulning qancha miqdorda ekanligi haqida ma’lumot yo‘q”, dedi manba.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan "Chinoz halol chorva" hamda "Chinoz avto hamkor" korxonalari ta’sischisi Ahmad Tursunboev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shug‘ullanib kelgan.

15 iyun kuni O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari 38 yoshli tadbirkor Ahmad Tursunboevni hibsga olgan edi.

U O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), shuningdek, 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

O‘zbekiston televideniesi namoyish etgan maxsus ko‘rsatuvda Ahmad Tursunboev o‘z "qilmishi"ga iqror bo‘lgan va buning uchun xalqdan kechirim so‘ragan edi.

XS
SM
MD
LG