Линклар

logo-print

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Ungartepadagi radiorele stantsiyada ishlagan to‘rt qirg‘izistonlikning o‘zbek militsiyasi tomonidan qo‘lga olinishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

27 avgust kuni Axsida bo‘lib o‘tgan mitingda chiqish qilgan Qirg‘iziston Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanov “Odam o‘g‘irlash” fakti bo‘yicha ish ochilganini ma’lum qildi.

22 avgustda O‘zbekiston militsiyachilari “Kerben 24” stansiyasining to‘rt nafar qirg‘iz vatandoshini “chegarani noqonuniy buzib o‘tish”da ayblab, hibsga olgan edi.

Ungartepa qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi bahsli hududlardan biri hisoblanadi

Ungartepa qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi bahsli hududlardan biri hisoblanadi

Axsidagi mitingda ishtirok etganlar yuzdan ortiq odam vaziyatdan tashvish bildirgan.

Shanba kuni yuzdan ortiq axsilik miting o‘tkazib, Qirg‘iziston hukumatidan 22 avgustda Ungartepadagi “Kerben 24” stansiyasida o‘zbek militsiyachilari tomonidan qo‘lga olingan to‘rt qirg‘izistonlikning bugungi ahvoli, ularni ozod qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berish talab qildi.

Mitingda nutq so‘zlagan Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Kursan Asanovga hodisa yuzasidan “Odam o‘g‘irlash” fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Militsiya viloyat, tumanda kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tkazilgan. Hozir hech qanday tartibbuzarlik bo‘lmadi. Bo‘lib o‘tgan hodisa bo‘yicha “Odam o‘g‘irlash” fakti bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Menimcha, muzokaralar yo‘li bilan barcha masala hal bo‘ladi”, dedi Kursan Asanov.

Ammo miting ishtirokchilari teleminora nazoratini o‘zbek militsiyasi qo‘lga olganidan beri hudud atrofida istiqomat qiluvchi aholining tinchligi yo‘qolganidan shikoyat qildi.

Miting ishtirokchilari O‘zbekiston militsiyachilari teleminorada nazorat o‘rnatgach, erkin harakatlana olmay qolishganini aytdilar.

Ularga ko‘ra, aholi yaylov sifatida foydalanib kelgan Ungartepa etagidagi yerlarga ham chiqa olmay qolgan.

Bular yaylovni to‘sib hech kimni o‘tkazmaydi. Oq Uyda o‘tirgan, el boshqarayotgan amaldorlar nima qilayapti? Qirg‘izistonga xalq kerakmi, yer kerakmi? Uyda, qishloqdagina o‘tiraveramizmi? Mana bu qo‘ylarimning hammasi o‘sha yaylovda yurardi. Endi olib borolmayapman”, deydimitingda ishtirok etgan oqsoqollardan biri Asanbek Qarabatirov.

Mitingda nutq so‘zlagan Aqsi tumani hokimi Medetbek Aydaralievga ko‘ra, Ungartog‘i Qirg‘izistonga tegishlidir.

Bugungi Ungartog‘ masalasi, kechagi Chalasart masalasi, talash yerlarning barchasida shunday vaziyat yuzaga kelgan. Ungartog‘ 1955 yilgi karta bo‘yicha biz foydalanib kelgan yer. Shu sababli u bizning erimiz. Bugungi prezident, bugungi hukumatning pozitsiyasi shunday. Shu sababli ham bu ishlar bo‘layapti”, dedi Medetbek Aydaraliev.

Axsi va Olabuqa tumanlarida hozir belgilanmagan 20 uchastka bor.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraoldi kelishmovchiliklarining aksari ham shu uchastkalarda yuzaga keladi.

Toshkentdagi nashrlarning Ichki ishlar vazirligiga iqtibosan xabar berishicha, O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bahsli ekani aytilib kelinayotgan Ungartepani o‘z hududi deb biladi.

Xabarlarda mazkur hudud Namangan viloyati Chortoq tumani tasarrufida ekani aytiladi.

Qirg‘izistonning radiorele stansiyalari o‘rnatilgan mazkur hududga 22 avgust kuni tashlangan o‘zbek militsiyasi desanti bu yerda 4 qirg‘izistonlikni qo‘lga olgan edi.

Avvalroq qirg‘iz rasmiylari O‘zbekiston ushlab ketgan qirg‘izistonliklarni ozod qilish borasida muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.

Bishkek rasmiylariga ko‘ra, Qirg‘iziston vatandoshlari Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on Ichki ishlar boshqarmasi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Rasmiylar bugungi kunda ham O‘zbekistonda saqlanayotgan qirg‘iz vatandoshlarini ozod qilish borasida muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu kelishmovchilik 13 avgustda o‘zbek militsioneri qo‘lga olinganidan so‘ng boshlandi.

Bishkek rasmiylari o‘zbekistonlik militsioner Kosonsoy suv ombori hududida qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan paytda qo‘lga olinganini bildirgan.

O‘zbekiston matbuotiga sizdirilgan ma’lumotlarda esa, qirg‘iz militsionerlari Kosonsoy suv ombori hududiga bostirib kirib, o‘zbekistonlik militsionerni o‘zlari bilan majburiy ravishda olib ketgani aytiladi.

Mazkur hodisa ortidan 22 avgustda O‘zbekiston Qirg‘izistonining radoirele stansiyalari joylashtirilgan Ungartepa hududiga ikkita vertolyotda 7 kishilik militsiya desantini tashladi.

O‘zbekiston, shundan so‘ng, Qirg‘izistondan qo‘lga olingan o‘zbek militsionerini ozod qilishni va Kosonsoy suv ombori hududidagi Qirg‘izistonga qarashli postlarni olib tashlashni talab qildi.

23 avgustda o‘zbek militsioneri Olabuqa tuman sudi tomonidan chegarani noqonuniy bosib o‘tganlikda aybdor deb topilib, 294 dollar jarimaga tortildi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Rasmiy Bishkek Toshkentdan Ungartepa hududidan militsionerlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

Biroq O‘zbekiston bu talabni bajarishga shoshilmayotir.

XS
SM
MD
LG