Линклар

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining xabar berishicha, prezident Islom Karimov "statsionar davolanish" ga yotqizilgan.

Vazirlar Mahkamasining mutaxassislarga tayanib ma’lum qilishicha, Islom Karimovning "to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt talab etiladi".

UzA: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

UzA: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Bu xabar Islom Karimovning jiddiy xastalikka yo‘liqqani haqidagi xabarlar ortidan yangramoqda.

O‘zbekiston prezidentining xastalangani haqidagi xabarlar Ozodlikkka 27 avgust oqshomidan boshlab o‘z manbalari va ijtimoiy tarmoqlardan kela boshlagandi.

Ayni manbalar prezident Karimovning qanday kasallikka yo‘liqqani haqida aniq ma’lumotlar bergan esa-da, Ozodlik bu xabarlarni mustaqil manbalar vositasida hozirgacha tasdiqlay olgani yo‘q.

O‘zbekistonni 1989 yildan buyon idora etib kelayotgan 78 yoshli Islom Karimovning sog‘ligiga oid ma’lumotni O‘zbekiston hukumati ilk bor tarqatmoqda.

Islom Karimov har yili 31 avgustda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida ishtirok etadi.

Ammo, bu yilgi tantanalarda O‘zbekiston prezidentining ishtirok etishi mavhum qolmoqda.

XS
SM
MD
LG