Линклар

Rossiyalik Olimpiada ishtirokchilari o‘zlariga sovg‘a qilingan BMWlarni sotmoqda


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev sinxron suzish bo‘yicha Rioda oltin medalga sazovor bo‘lgan Natalya Ishchenkoga sovg‘a-mashinani ko‘rsatmoqda, Moskva, 2016 yil 25 avgusti.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev sinxron suzish bo‘yicha Rioda oltin medalga sazovor bo‘lgan Natalya Ishchenkoga sovg‘a-mashinani ko‘rsatmoqda, Moskva, 2016 yil 25 avgusti.

2016 yilgi BMW X6 II lyuks avtomobili sotiladi. Oz yurgan. Rangi oq. Ichi qora. Rossiya Federatsiyasi prezidenti qo‘lidan olingan. Sotuvchi moli uchun 73 ming dollar so‘ramoqda.

Yozgi Olimpiada o‘yinlaridi medal qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilar Kremlda maqtov, pul va yangi lyuks mashinalar bilan taqdirlanganidan keyin bir kun o‘tib, hadya qilingan avtomobillarni sotuvga qo‘ydi.

“Rossiya jamoasi” nakleykasi yopishtirilgan avtomobil sotilayotgani haqida auto.ru saytida quyidagi e’lon paydo bo‘ldi:

Mashinani prezident V. V. Putinning o‘zi hadya qilgan! Riodagi Olimpiada qo‘lga kiritilgan katta yutuq, aniqrog‘i, oltin medalь uchun!! Mashina yangi!

Germaniyada emas, balki Rossiya eksklavi bo‘lmish Kaliningradda yig‘ilgani aytilayotgan BMWlar Riodagi Olimpiadan qaytgan sportchilarga berilgan sovg‘a-salomlarning bir bo‘lagidir.

Sport vaziri Vitaliy Mutko avtomobilga qo‘shimcha ravishda oltin medal qo‘lga kiritganlar 62 ming, kumush medal sovrindorlari 39 ming, bronza medal olganlar esa 26 ming dollar olishini aytgan edi. Kumush medal sohiblari nisbatan arzonroq turuvchi X5, bronza medal sovrindorlari esa yanada soddaroq X3 modelidagi avtomobillar bilan taqdirlandi.

Avtomobillar Putin va boshqa rasmiylarning tabriklari hamda rossiyalik sportchilarning Olimpiadadan chetlatilgani yuzasidan aytilgan g‘azabnok gaplar ortidan sportchilarga taqdim etildi.

Yuzlab rus atleti mazkur oyda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan doping iste’mol qilgani uchun chetlatilgandi.

Rossiyaning paralimpiyachilar jamoasi esa 7-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Paralimpiadadan butunlay chetlatildi.

26 avgust kuni o‘zini avtomobilini sotayotgan atletning vakili, deb tanishtirgan ayol “Govorit Moskva” radiokanaliga bergan intervyusida medal sovrindori bunday qarorga kelishiga turli sabablar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Vakil avtomobil egasi sinxron suzish jamoasi a’zosi ekanligini va avtomobil haydashni bilmasligini aytdi.

26 avgust kuni ham e’lon auto.ru saytida qoldi, ammo unga “bu reklama endi kuchda emas”, degan yozuv qo‘shildi.

Rossiya matbuotida ayrim BMWlar Kremlning oldidayoq sotilgani haqida xabar qilindi.

Rossiya jamoasi umumiy hisobda Rioda medal olgan 87 davlat orasida 4-o‘rinni egalladi. Rus sportchilari jami 56 ta, jumladan, 19 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mayk Ekkel maqolasi

XS
SM
MD
LG