Линклар

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov statsionar davolanishda ekanini ma’lum qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘liq tibbiy ko‘rik talab etiladi”, deyilgan Hukumat xabarining o‘zgartirilgan va 29 avgustda e’lon qilingan matnida.

Shunday qilib, 28 avgustda e’lon qilingan xabardagi "to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt talab etiladi", degan jumladan “va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt” so‘zlari olib tashlandi.

O‘zA: Vazirlar Mahkamasining 29 avgustda o‘zgartirilgan xabari

O‘zA: Vazirlar Mahkamasining 29 avgustda o‘zgartirilgan xabari

Rasmiy xabarning bunday o‘zgartirilishi sababi noma’lum qolmoqda.

O‘zbekistonni 1989 yildan buyon idora etib kelayotgan 78 yoshli Islom Karimovning sog‘ligiga oid ma’lumotni O‘zbekiston hukumati ilk bor tarqatgani to‘g‘risida Ozodlik 28 avgust kuni xabar qilgan edi.

O‘zA: Vazirlar Mahkamasining 28 avgustdagi xabari

O‘zA: Vazirlar Mahkamasining 28 avgustdagi xabari

Vazirlar Mahkamasining yakshanba kungi bildirishnomasida boshqa hech qanday tafsilot yo‘q edi. Dushanba kungi xabar yanada qisqartirildi.

Bu xabar Islom Karimovning jiddiy xastalikka yo‘liqqani haqidagi xabarlar ortidan yangramoqda. O‘zbekiston prezidentining xastalangani haqidagi xabarlar Ozodlikkka 27 avgust oqshomidan boshlab o‘z manbalari va ijtimoiy tarmoqlardan kela boshlagandi.

Ayni manbalar prezident Karimovning qanday kasallikka yo‘liqqani haqida aniq ma’lumotlar bergan esa-da, Ozodlik bu xabarlarni mustaqil manbalar vositasida hozirgacha tasdiqlay olgani yo‘q.

O‘zbekistonni 1989 yildan buyon idora etib kelayotgan 78 yoshli Islom Karimovning sog‘ligiga oid ma’lumotni O‘zbekiston hukumati ilk bor tarqatmoqda.

Islom Karimov har yili 31 avgustda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida ishtirok etadi.

Ammo, bu yilgi tantanalarda O‘zbekiston prezidentining ishtirok etishi mavhum qolmoqda.

XS
SM
MD
LG