Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning kasalligi rasman O‘zbekiston vazirlar mahkamasi tarafidan e’lon qilingani ortidan Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva o‘z otasining "miyasiga qon quyilganligini " bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z vakolatini ado qila olmagan taqdirda bu vazifani qonun bo‘yicha kim bajaradi degan savolni kun tartibiga chiqmoqda?

Bu xolat O‘zbekiston Konstitutsiyaning 96-moddasida malakalangan.

Bu moddaga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi”

Konstitutsiya talabiga ko‘ra¸ o‘shandan keyin “uch oy muddat ichida, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi” o‘tkazilishi lozim.

Konstitutsiyaning 96-moddasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda o‘zgartirilgan.

"Dastlabki tahrirda bu modda quyidagicha belgilangan edi: “O‘zbekiston respublikasining prezidenti betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisining palatalari qo‘shma qaroriga ko‘ra tuzilgan davlat tibbiy komississiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan takdirda o‘n kun muddat ichida palatalarning qo‘shma favqulodda yig‘ilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha bo‘lgan muddatga O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O‘zbekiston respublikasi prezidentining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart.”

2011 yilgi o‘zgarish kiritilgan konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston rahbarligi shu kunlarda senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev zimmasiga o‘tishi lozim.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2015 yilda Senat raisi etib saylangan edi.

O‘zbekiston Senatidagi manbalarning aytishicha¸ 29 avgust kuni Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan ammo bu yig‘ilishda Yo‘ldoshevning “Vaqtincha rahbar bo‘lish masalasi kun tartibida bo‘lmagan”

Nig‘matilla Yo‘ldoshev kim ?

Adliya vazirligi saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich 1962 yil 5 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos.

1985 yilda Toshkent Davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining katta tergovchisi stajyorligidan boshlagan.

1987-1991 yillarda Olmaliq shahar prokuraturasining katta tergovchisi, 1991-1993 yillarda Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasining tergovchisi, 1993-1994 yillarda Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi, 1994-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori, 1999-2000 yillarda Bosh prokuratura Bosh tergov boshqarmasining tashkiliy-uslubiy bo‘limi boshlig‘i, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasining boshlig‘i, 2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi inspektori, 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, 2008-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2011 yildagi PF-4323-son Farmoni bilan N.Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.

2015 yil 20 yanvarda Prezident Farmoni bilan Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi etib tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG