Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:21

Insultni boshdan kechirgan odam faol hayotga qaytishi mumkinmi?


Insult nima? Bu kasallikdan odam omon qolishi, sog‘ayib ketishi mumkinmi? Insultga chalingan odam ishga layoqatini saqlab qola oladimi?

Bu savollar bilan qirg‘izistonlik taniqli neyroxirurg, Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, Qirg‘iziston Respublikasi Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, professor Mitalip Mamitovga murojaat qildik.

Javobni xolis bo‘lishi uchun akademik olimga O‘zbekiston prezidentining insultni boshdan kechirganini aytmadik.

Akademik avvaliga insultga ta’rif berdi:

-Insult va miyaga qon quyilishi bu ikkalasi bir narsa. Tomirlar orqali o‘tishi lozim bo‘lgan qon tomir ërilgani bois tashqariga otiladi va miyaga bosim qiladi. Mana shuni insult deydi.

Ana shundan keyin suhbatdosh insult oqibatlari haqida gapirdi:

-Buning oqibatlari insult yuz bergan joyga bog‘liq. Insult ko‘lami kattami yoki kichikmi ¸orqadami¸ oldindami tepadami ? Bularga ko‘p narsa bog‘liq. Oqibatlar turlicha bo‘ladi. Kasal o‘lishi ham tuzalib ketishi ham mumkin. Invalid bo‘lib qolishi ham mumkin. Men rentgen tasvirlari yoki kasalni o‘zini ko‘rib biror gap ayta olaman¸ dedi akademik.

Suhbat so‘ngida savolni aniqlashtirib¸ yoshi 80 atrofida bo‘lgan odam insultni boshdan kechirsa tirik qoladimi deya so‘radik:

- Bunday odam ham tirik qolishi mumkin. Yosh chegarasini ta’siri yo‘q. Eng muhimi miya o‘zini himoya funktsiyasini saqlay olishida. Umuman insultdan chiqqan odamni yana faol harakatga qaytishi dargumon. Bu yoshdagi odam tirik qolganiga shukr qilib nevaralari bilan choy ichsa ham katta gap.

XS
SM
MD
LG