Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:14

Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi mumkin?


Ислом Каримов.
Ислом Каримов.

O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola-Karimova Tillaeva otasining miyaga qon quyulish tashxisi bilan kasalxonada ekanini e’lon qildi.

Mutaxassislar bu tashxisdan so‘ng bemorning to‘liq faoliyatga qaytishicha mavhumligini aytmoqdalar.

Bunday vaziyatda Islom Karimov o‘rniga da’vogarlar kim¸ bu jaraën qanday kechadi¸ undan so‘nggi so‘zni kim aytadi? degan savollar yana o‘rtaga chiqmoqda.

Ozodlik ayrim siyosatchi va siyosatshunoslarga ana shu savollar bilan murojaat qildi.

Ozodlik/Ozod Yevropa radiosining Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchisi Bryus Pannier:

- Lola Karimova-Tillaevaning Instragram dagi so‘nggi yozuvidan kelib chiqilsa¸ miyaga qon quyulishdan keyin Karimovni tirik olib qolishgan taqdirda ham¸endi bu yoshida uning davlatni boshqara oladigan ahvolga qaytishi deyarli imkonsiz. Bunday vaziyatdauning o‘rniga kim keladi¸ degan savol kun tartibidagi asosiy savol va voris haqida gapirishga majburmiz. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga ko‘ra¸ prezident ishga layoqatini yo‘qotgan taqdirda¸ Senat raisi bu vazifani vaqtincha bajarishga o‘tadi. O‘zbek Senatining hozirgi raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev va bu odam haqida hech kim hech narsa bilmaydi. Bu odamning o‘tmishda Adliya vaziri bo‘lgani va Hyuman Rayts Uotch kabi guruhlarni O‘zbekistondan haydab chiqarganini bilamiz¸ xolos. Yo‘ldoshevning mayda baliq ekani va uzoqqa bormasligi¸ haqiqiy voris ustida jiddiy jang hokimiyat koridorlarida borayotgani hammaga ma’lum. Lola Karimova otasining hokimiyatni boshqara olmasligini e’tirof etganidan so‘ng¸ bu guruhlar o‘z oralarida tez bir murorsaga kelishga majbur. Bu murosa¸ O‘zbekistondagi ikki kuchli klan – Toshkent va Samarqand klanlari orasida erishilishi lozim. Karimov Samarqand klani vakili edi¸ ammo asosiy kuch ishlatish tizimlarini Toshkent klaniga berish orqali klanlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab keldi. Karimovga kim voris bo‘lishini MXXning nihoyatda qudratli raisi Rustam Inoyatov hal qiladi¸ deb o‘ylayman.

Брюс Панниер фикрлари (инглиз тилида)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:14 0:00
Бевосита линк

Moskvadagi Karnegi tinchlik jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Aleksey Malashenko:

- Menimcha¸ post-Karimov davrining norasman boshlanganiga ancha bo‘ladi. Tarqoq va klanlarga bo‘lingan bo‘lsa-da¸ o‘zbek elitasi Karimovdan keyin nima bo‘ladi¸ degan savol ustida anchadan beri bosh qotirib kelayotgan edi. Faqat bu haqda ochiq gap yo‘q edi. Hozir har qalay¸ mavhumlik demagan bo‘lardim¸ jimlik davri boshlandi. Ular hozir bir-biri bilan ochiq gaplashishidan oldingiga nisbatan ham qo‘rqib qolgan – Islom Abdug‘anievich tirik qolsa nima bo‘ladi¸ degan ehtimol ularni qo‘rqitib turibdi. Hozir ular sirtdan bo‘lsa ham o‘z ichlarida birlik borligini ko‘rsatishlari kerak¸ aks holda hammaga birdek ziyon yetadi. Hozir asosiy savol¸ tarqoq klanlar o‘z oralarida murosaga erisha oladimi¸ degan savoldir. Shu paytgacha¸ ular bitta otaning do‘ppisi ostida yashab kelishdi va hammasi risoladagiday edi. Lekin endi o‘yin o‘zgaradi. Ulardan qay biridir hokimiyatga chanqoqroq bo‘lsa¸ yoki uzoq yillar bo‘yi “kul rang kardinal” bo‘lib kelgan Inoyatov endi kardinallikdan chiqib¸ boshqa rolga o‘tsa nima bo‘ladi? Klanlar o‘zaro kelisha olmasachi? Islomiy muxolifat hozirgi vaziyatda o‘zini qanday tutadi? Bormi o‘zi shunaqa muxolifat? Xullas¸ post-Karimov davrining rivojlanish ehtimoli bor qator versiyalar mavjud.

Алексей Малашенко
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Xalq harakati yetakchisi Muhammad Solih:

- O‘zbekistonda post-Karimov davri emas¸ karimovsizlik davri boshlandi¸ deyish to‘g‘riroq bo‘lardi menimcha. Chunki¸ hali Karimovning o‘lganiga oid xabar yo‘q va u yana tuzalib ketishi mumkin. Lekin Karimov o‘ziga kelgan taqdirda ham ikki marta insultni boshdan kechirgan odamning sog‘lig‘i avvalgidek bo‘lmaydi. Ayni paytda¸ hokimiyat koridorlarida “post-Karimov bosqichi” boshlandi. Hozircha bu davr o‘zini ochiq namoyon qilmayotir. Taxminimcha¸ hokimiyat uchun kurash asosan Toshkent va Samarqand deb atalayotgan klanlar o‘rtasida bormoqda. Ayni kunlarda¸ Toshkent klanining kuchaygani aytiladi¸ biroq bu klanning aniq bir yetakchisi hali yo‘q. Panada qolayotgan Rustam Azimov bor¸ ammo u hali uzil-kesil shakllanib¸ maydonga tushgani yo‘q. Samarqand-Jizzax klani yetakchisi deb aytiladigan Shavkat Mirziëev ham hozircha o‘zida vorislikka da’vo qilish jasoratini topgani yo‘q. Hozircha hamma kutish bosqichida.

Муҳаммад Солиҳ мулоҳазалари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:01 0:00
Бевосита линк

Mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov:

- Menimcha¸ post-Karimov davri boshlandi. Chunki O‘zbekiston tarixida Karimovning sog‘lig‘i haqida biror marta rasmiy ma’lumot tarqatilmagan edi 27 yil davomida. Hokimiyatning Karimov sog‘lig‘i haqida ma’lumot tarqatgani vaziyatning o‘ta qaltisligi yoki favqulodda holat ekanini anglatadi. Hokimiyat mantiqida Karimovning sog‘lig‘i va ijtimoiy barqarolik bir-biriga uzviy bog‘liq edi. Hokimiyat mustaqillik bayramida Karimovning ishtirok etmasligiga jamoatchilikni tayyorlashga majbur bo‘ldi. Karimovning kasalligi fonida hokimiyat uchun kurash allaqachon boshlandi. O‘ylaymanki¸ Karimov shu paytgacha o‘ziga o‘rindosh bo‘lishi mumkin bir qancha shaxslarga imkoniyat berdi. Birinchisi¸ Bosh vazir Shavkat Mirziyoev¸ ikkinchisi uning birinchi o‘rinbosari¸ Moliya vaziri Rustam Azimovdir. O‘ylaymanki¸ savdo boshlandi. Oxirgi so‘zni bu savdoda resurslar aytadi. O‘zbekistonda g‘oyalar kurashmaydi¸ partiyalarning saylov dasturi kurashmaydi. O‘zbekistonda shaxslar va ularning jamul-jam resurslari hokimiyat uchun kurashadi. Hozir qaydi shaxs o‘z atrofiga qudratli shaxs va resurslarni jamlay olsa va bu resurslar orqali raqib tomonni o‘yindan siqib chiqara olsa¸ yoki unga tahdid qila olsa¸ ana shu shaxs yutib chiqadi va voris bo‘ladi.

Камолиддин Раббимов
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00
Бевосита линк

Taniqli publitsist Sharof Ubaydullaev:

- Karimovning ish faoliyati to‘xtagan bo‘lsa¸ davlat rahbarligi vaqtincha Senatga o‘tishi kerak. Senatda hozir katta bir qo‘g‘irchoq o‘tiripti. Senat raisligiga kelganiga bir yilmi¸ yarim yl bo‘ldi¸ lekin hozirgacha xalqning oldiga chiqib bir og‘iz gapirgan emas¸ qog‘ozdan kallasini ko‘tarmaydi. Bu bir katta qo‘g‘irchoq. Siz o‘ylaysizki¸ Bosh vazir¸ kuchishlatar tizimlari¸ prezidentning yonidagilar shu qo‘g‘irchqqa davlatning muhrini berib qo‘yadimi? Prezidentning o‘rinbosari¸ aniq vorisi bo‘lmaganidan kein¸ tabiiyki¸ uning eng yaqinida turganlar mamlakatning kelajagini hal qiladi bugun. Bu masalada juda katta tortishuv bo‘ladi va bu boshqacha tus ham olishi mumkin. Kim kuch tizimlari bilan til biriktira olsa¸ kuch tizimlaridan asosiy qismi kimni qo‘llab-quvvatlasa¸ prezident apparatining qorovuli ham tepaga chiqib qolishi mumkin.

Шароф Убайдуллаев
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:03 0:00
Бевосита линк

Ozodlik bu borada tahlilchilar fikrlarini o‘rganishda davom etadi. Bu haqdagi fikr-mulohazalaringizni Siz ham Ozodlikka yo‘llashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG