Линклар

Merkel: Ashxobod xorijiy diplomatlarning turkman qamoqxonalariga kirishini muhokama qilishga rozi bo‘ldi


Turkmaniston prezidenti G‘urbang‘uli Berdimuhammedov va Germaniya kansleri Angela Merkel Berlindagi matbuot anjumanida, 2016 yil 29 avgusti.

Turkmaniston prezidenti G‘urbang‘uli Berdimuhammedov va Germaniya kansleri Angela Merkel Berlindagi matbuot anjumanida, 2016 yil 29 avgusti.

Turkmaniston chet ellik diplomatlarga o‘z qamoqxonalari eshigini ochish imkoniyatini muhokama qilishga rozi bo‘lgan.

Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Turkmaniston prezidenti G‘urbang‘uli Berdimuhammedov bilan birga Berlinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

- Biz diplomatlarga Turkmanistondagi qamoqxonalarga kirish imkoni berilishi maqbulligi haqida gaplashdik. Prezident tashqi ishlar vazirlari o‘zaro so‘zlashishlari va keyinroq xalqaro diplomatlar bu joylarga tashrif buyurib, vaziyatni baholay olishlari mumkinligi haqida va’da berdi, - dedi Merkel.

Human Rights Watch inson huquqlari xalqaro tashkiloti Berlinni Turkmaniston prezidenti bilan siyosiy muxoliflarni gizli ravishda qamash, taniqli jurnalist Saparmamet Nepesqulievni ozod qilish va vatandoshlarni mamlakatdan chiqishini taqiqlash amaliyotidan voz kechish masalalarini ochiq muhokama qilishga chaqirgan.

Berdimuhammedov Turkmaniston Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritib, inson huquqlari bo‘yicha ombudsmen lavozimini joriy qilish niyatida ekanini bayon etgan.

Turkmaniston prezidenti yirik gaz konlariga ega o‘z mamlakati Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga zangori olov eksportini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilayotganini qo‘shimcha qilgan. Berdimuhammedovga ko‘ra, Ashxobodning bu boradagi taklifi Yevrokomissiyaga yetkazib bo‘lingan.

Turkmaniston prezidentining Germaniyaga safarini yoritish uchun Berlinga Ozodlikning turkman xizmati direktori Farrux Yusufiy ham borgan. Hamkasbimiz bilan 29 avgust oqshomida qilingan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG