Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:14

Moskvadagi yong‘in: Qirg‘izistonliklar o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishidan norozi

Rossiya poytaxti Moskvada joylashgan tipografiya mahsulotlari saqlanadigan omborxonada 27 avgust kuni kelib chiqqan yong‘in oqibatida 17 odam halok bo‘ldi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarvatgan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in qurbonlarining aksari shu omborxonada ishlagan qirg‘izistonlik mehnat muhojirlaridir. Omon qolgan Qirg‘iziston fuqarolari Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishidan norozi ekanligini bildirishdi. Ular bu haqda jurnalistlarga xabar berdilar.

Yong‘inga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in bilan kurashishni hamda imorat ichida qolgan odamlarni ozod qilishni darhol boshlmagan. Bir necha odamni qutqaruvchilar emas, balki omborxonada ishchilari qutqarib qolgan.

Guvohlarning biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkorlik bilan chora ko‘rganida, yong‘inni o‘z vaqtida o‘chirish va qurbon bo‘lganlarni qutqarib qolish mumkin bo‘lgan bo‘lar edi, deya ta’kidladi.

“O‘t o‘chiruvchi mashinalar 15 daqiqadan keyin keldi. Ular nima qilish haqida o‘ylar ekanlar, bizning yigitlarimiz odamlarni qutqarib qoldi. So‘ngra shahar turg‘unlaridan biri kelib, sodir bo‘layotgan hodisalarni videoga yozib olishni, Rossiya MChSi qanday ishlashini hamma ko‘rishi kerakligini aytdi”, dedi guvoh.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni imoratning birinchi qavatidagi kunduzgi lampa keltirib chiqargan. Lampa yorilib ketgan, chiqqan uchqunlardan esa tez yonuvchi materialdan yasalgan ship yonib ketgan. Olov tez suratda tarqalgan. Halok bo‘lganlarning barchasi to‘rtinchi qavatda joylashgan kiyinish xonasida bo‘lgan. Yonhin smena almashishi paytida sodir bo‘lgan. Ishchilar imoratni tark etishga ulgurmay, kiyinish xonasida yong‘in tutuniga dimiqib halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yong‘in 17 kishi umriga zomin bo‘ldi. Qirg‘izistin Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 14 nafari Qirg‘iziston fuqarosidir.

Rossiya poytaxti Moskvada joylashgan tipografiya mahsulotlari saqlanadigan omborxonada 27 avgust kuni kelib chiqqan yong‘in oqibatida 17 odam halok bo‘ldi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in qurbonlarining aksari shu omborxonada ishlagan qirg‘izistonlik mehnat muhojirlaridir. Omon qolgan Qirg‘iziston fuqarolari Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishidan norozi ekanligini bildirishdi. Ular bu haqda jurnalistlarga xabar berdilar.

XS
SM
MD
LG