Линклар

Karimov o‘rniga Mirziyoev “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qo‘ydi


O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev va parlament palatalari vakillari 31 avgust kuni ertalab Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qo‘yish marosimida qatnashdi. Bayramni o‘tkazish shtabi mulozimlarining Interfaks agentligiga bildirishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Toshkentning Alisher Navoiy bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan rasmiy tantanalar qoldirilgan. Lekin, 1 sentyabr kuni Toshkent va viloyat markazlarida xalq sayllari odatdagiday o‘tkaziladi va bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning ma’ruza qilishi kutilyapti.

Rossiyaning Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, Toshkentning Mustaqillik maydonidagi gulchambar qo‘yish tadbirida O‘zbekiston bosh vaziri bilan birga mamlakat parlamentining ikkala palatasi spikerlari ham ishtirok etgan.

O‘tgan yillar davomida prezident Islom Karimov 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga borib, “Mustaqillik va ezgulik” monumenti supasiga gulchambar qo‘yar va mahalliy jurnalistlar oldida gapirar edi.

Karimovning salomatligi bois bu yilgi bayram tadbirlariga o‘zgartish kiritilgan.

Bayramni o‘tkazish shtabi mulozimlarining Interfaks agentligiga bildirishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Toshkentning Alisher Navoiy bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan rasmiy tantanalar qoldirilgan.

Lekin, 1 sentyabr kuni Toshkent va viloyat markazlarida xalq sayllari odatdagiday o‘tkaziladi.

Sputnik agentligiga ko‘ra, 1 sentyabr kungi bayram tadbirlarida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning ma’ruza qilishi kutilyapti.

O‘tgan yillar davomida prezident Karimov 31 avgust kuni uyushtiriladigan rasmiy tantanalarda nutq so‘zlab tadbir so‘nggi raqsga ham tushib berardi.

Tadbirda hukumat a’zolari, diplomatlar va oliy martabali mehmonlar va ularning oila a’zolari ishtirok etardi.

XS
SM
MD
LG