Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:48

Sidney Jakson - o‘zbek boksi asoschisi


Sidney Jakson - o‘zbek boksi asoschisi
Sidney Jakson - o‘zbek boksi asoschisi

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p medal olib, ko‘pni ko‘rgan mutaxassislar va boks ishqibozlarini hayratda qoldirdi.

Uchta “oltin”, ikkita “kumush”va ikkita “bronza”ni olgan o‘zbek yigitlari Kuba, Fransiya, Qozog‘iston va Rossiya kabi “boks mamlakatlari”idan ancha ilgarilab ketdi.

Undan tashqari, o‘zining mahorati va texnikasi bilan muxlislar yodida qolgan andijonlik Hasanboy Do‘smatov Vel Barker Kubogi sohibiga aylandi. U o‘zbek bokschilaridan birinchi bo‘lib bunday nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi: sanoqli bokschilargina bunday kubok egasiga aylanishga muvaffaq bo‘lgan.

Hali Ruslan Chagaev, Artur Grigoryan, Narimon Otaev, Muhammadqodir Abdullaev, Rustam Saidov, Ahror Muralimov, Temur Ibragimov va boshqa o‘zbekistonlik bokschilar dong‘i jaranglab turgan bir paytda O‘zbekistonda yangi ring jangchilarining yaralishi soha mutahassislarining e’tiborini o‘ziga qaratmasdan iloji yo‘q.

Xo‘sh, o‘zbek pahlavonlarining bunday g‘alabaga erishganlari tasodifmi? Qanday qilib Markaziy Osiyodagi bu davlat, konveyerga qo‘ygandek, bunchalik ko‘p charm qo‘lqop ustalarini tarbiya qilaolmoqda? Oxirgi yillarda “o‘zbek boks maktabi” dovrug‘i butun dunyoga yoyilishi boisi nimada?

Bu savollarga javobni biz O‘zbekiston boks tarixidan izlab ko‘rdik...

Qizil askar Jakson

Boks to‘g‘risida biroz tasavvurga ega bo‘lgan har qaysi odamga “O‘zbek boksiga kim asos solgan?” deya bergan savolingizga, ishonchim komilki, u ikkilanmasdan shu odamning ismini yodga oladi.

AQShning yengil vazn toifasidagi chempioni Sidney Jakson, 1912y.
AQShning yengil vazn toifasidagi chempioni Sidney Jakson, 1912y.

​Sidney Luis Jekson... Yoki ruschasiga - Sidney Lvovich Jekson. Biz, O‘zbekistonda qilingan odatga ko‘ra, uni Jakson deb ataymiz...

Qaxramonimiz 1886 yilda Nyu-Yorkda, aniqrog‘i asosan emigrantlar yashaydigan Bronks mahallasida yahudiy oilasida tug‘ilgan. To‘qimachilik fabrikasida ish boshlagan, 12 yoshida o‘sha paytda ommalashib borayotgan boksga qiziqib qolgan. Sidney boks yordamida ochlik va qashshoqlikdan qutulish mumkinligini aynan shu paytda payqagan.

Birinchi Jahon urushi boshlanishi arafasida Sidney Jakson yengil vazn toifasida AQSh chempioni bo‘ladi, jahon chempionatiga

O‘zbekiston terma jamoasi mashq paytida. "Paxtakor" stadioni, 1965 y.
O‘zbekiston terma jamoasi mashq paytida. "Paxtakor" stadioni, 1965 y.

tayyorgarlik boshlaydi. U qatnagan sport klub Yevropaga kelib, boks tomoshalarini uyushtiradi. Shu tariqa bizning qaxramonimiz qor bosgan Peterburg shahriga kelib qoladi.

Biroq, boshlanib ketgan Jahon urushi uning rejalari, qolaversa taqdirini o‘zgartirib yubordi. Bilgan odamlar Siddiga Afg‘oniston orqali Amerikaga chiqib ketish mumkinligini tavsiya qiladi. Ammo Toshkentga yetib kelgan amerikalik bokschi o‘zi nochor ahvolda bo‘lgan oilasidan ketishga mablag‘ ololmasdan, butun umrga o‘zbeklar yerida qolib ketadi...

Toshkentda u o‘zining eski ishini yodga tushiradi: mahalliy to‘qimachilik korxonasiga mutaxassis sifatida ishga kiradi. Rus tilini o‘rganadi, arzimagan haq evaziga mahalliylarni boks va G‘arb kurashiga o‘rgatadi. 1919 yilda Sidney Jakson Qozon polki qatorida Kaspiyorti fronti janglarida ishtirok etadi, tarjimonlik qiladi.

Jakson (o‘ngda) Toshkent shahar harbiy komendanti P.Yakimenko bilan, 1922 y.
Jakson (o‘ngda) Toshkent shahar harbiy komendanti P.Yakimenko bilan, 1922 y.

Aytishlaricha, u bolsheviklarga asirga tushgan ingliz askarlarini so‘roq qilishda ishtirok etgan. Uning xotirlashicha, Amerika pasportini u pochta orqali o‘z yurtiga qaytarib yuborgan...

“Siddi bobo”

1921 yilda Toshkentga qaytib kelgan Sidney rus podsholari sulolasi Romanovlar oilasiga qarashli bo‘lgan saroyda bolalar uchun ilk boks guruhini ochadi.

U o‘zining shogirdlari bilan birga o‘z qo‘li bilan birinchi ringni yasaydi. Sidney Lvovich poyafzal fabrikasi va otxonaga borib charm va ot qilidan olib keladi, o‘z qo‘llari bilan charm qo‘lqop va “grusha”larni yasaydi. U o‘zbekistonlik bolalarga nafaqat boks, balki suzish, kurash, basketbol va boshqa sport turlari bilan tanishtira boradi.

"Fortuna" Turkiston komandasi treneri S.Jakson, 1925 y
"Fortuna" Turkiston komandasi treneri S.Jakson, 1925 y

Sidney Jakson “Fortuna” nomli Turkistondagi birinchi sport jamiyatiga asos soladi va uzoq yillar uni boshqaradi.

Tez orada uning shogirdlari yetishib chiqadi. Sidney Jaksonning to‘rt nafar shogirdi Ikkinchi Jahon urushiga ketib, Sovet Ittifoqi Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ladi. Yana bir uning tarbiyalanuvchisi – Andrey Borzenko – urushda asirga tushib, Buxenvald konslageriga tashlanadi.Taniqli fashist bokschilarini birin-ketin urib yiqitgan Andrey Borzenko haqida hatto “Simtikon ortidagi ring” filmi suratga olinadi.

Sid bobo o‘z shogirdlari - Sovet Ittifoqi Qaxramonlari bilan Chapdan o‘ngga:N. Marchenko, V. Karpov, M. Mesh.
Sid bobo o‘z shogirdlari - Sovet Ittifoqi Qaxramonlari bilan Chapdan o‘ngga:N. Marchenko, V. Karpov, M. Mesh.

Sidney Jakson o‘z talabalariga nafaqat jismonan, aqlan ham rivojlanish zarurligini doimo uqtirib kelgan. “Sid bobo” shogirdlari orasida 5ta fon doktori, 30ta fan nomzodi yetishib chiqqan. Bu xizmatlari uchun Sidney Lvovichga SSSRda birinchilar qatorida “Xizmat ko‘rsatgan trener” unvoni beriladi.

Jakson yillar davomida O‘zbekiston Boks federatsiyasini boshqarib keldi. Uning ishtirokida O‘zbekistonda ko‘plab voleybol, futbol, basketbol sport maydonchalari qurildi, maktab va sport maktablari qoshida zallar qurildi.

Sidney Jakson va boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi, 1952 y.
Sidney Jakson va boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi, 1952 y.

Qatag‘onlar avj olgan shtgan asrning 30chi yillarida“o‘zbek boksi otasi” amerikalik bo‘lgani uchun maxfiy xizmatlar nazariga tushadi. Uning qatag‘on qilinishi turgan gap edi: o‘sha yillari O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishga kelgan bir guruh aqshlik mutaxassislar allaqaon turmaga tashlangan edi. Ammo, O‘zbekiston NKVDsi rahbariyatida ishlayotgan Jaksonning shogirdlaridan biri ustozi hayotini saqlab qoladi.

Sidney Jakson ommalashtirgan boks O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida ham yangi-yangi sport klublarining ochilishiga olib keladi. Sid bobo 35 yillik umrini sportchilar tarbiyasiga bag‘ishlaydi.

“O‘zbek boks maktabi” asoschisi

Taniqli o‘zbek bokschisi, SSSRda boks bo‘yicha birinchi jahon chempioni unvonini olgan Rufat Risqiev Ozodlik bilan suhbatda o‘zini Sidney Jaksonning oxirgi talabalaridan ekanini faxr bilan so‘zladi.

- U qarib qolganida men oldiga bordim – yoshlari 70 borib qolgandi. Men uchun juda qari ko‘ringan! Mendan keyin shogirdlari bo‘lmadi – men oxirgilaridan edim. Keyin men Baranovga o‘tganman, lekin boks

"Qoshg‘ar" mahallasi yigitlari Pionerlar Uyida mashq paytida, 1957 y.
"Qoshg‘ar" mahallasi yigitlari Pionerlar Uyida mashq paytida, 1957 y.

alifbesini Dom Pionerda Jeksondan o‘rgandim. Trenirovka o‘tkazardi, kelib. O‘zi u kasbi bo‘yicha tikuvchi edi, kostyum-shim tikardi. Rus tilida gapirardi, lekin amerikacha aksenti bilinmas edi unchalik. U urushdan oldin askarlarni boksga o‘rgatgan. 20 yillarda birinchi bo‘lib boks boshlagan. Men esa uning qo‘lida 1962 yilda bo‘ldim, deya esladi Rufat Risqiev.

Bokschining aytishicha, 20-30 yillarda boks yangi sport turi bo‘lgani sababli Jaksonning shogirdlari ko‘plab musobaqalarda g‘olib chiqavergan.

Yozuvchi G.Sviridov Jakson to‘g‘risida yozgan kitobini qaxramonga sovg‘a qilmoqda. Moskva, 1955y.
Yozuvchi G.Sviridov Jakson to‘g‘risida yozgan kitobini qaxramonga sovg‘a qilmoqda. Moskva, 1955y.

Rufat Risqiev o‘sha davrda o‘zbek boksining yuksalishiga sabab bo‘lgan yana bir omilni tilga oldi:

- Urush paytida Toshkentga ko‘plab odamlar kelgan. Yevreylar, o‘rislar kelgan, “oltin fond” hisoblangan artistlar, olimlar, sportchilar yuborilgan. Shu sababli san’at ham rifojlangan, sport ham ko‘tarilgan, dedi Rufat Risqiev.

Руфат Рисқиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:25 0:00
Бевосита линк

Toshkent boks maktabi namoyandalaridan biri, o‘zbekistonlik boks treneri Renat Yusupov ham Sidney Jakson maktabi vakili. U ozgina bo‘lsa ham bu inson qo‘lida saboq olganini esladi:

Alushta. SSSR-Norvegiya musobaqasi oldidan. 1957 y.
Alushta. SSSR-Norvegiya musobaqasi oldidan. 1957 y.

- Tillaxo‘jaev Hamid aka Sidney Lьvovichning birinchi shogirdlari edi, sport ustasini olgan. Yosh paytimizda, 1964-65 yillarda man Dom Pionerovga borardim, ozgina bo‘lsa ham qo‘llarida shug‘ullangandim. U kishi bizning bosimiz asoschisi-de! Bizning boks maktabimiz texnikasi, taktikasi bilan kuchli bo‘lib kelgan. Keyin, sportchining funksional tayyorgarligi yuqori. Ko‘pam pulga bog‘liq emas – Jekson kabi o‘z ishining ustasi bo‘lish kerak, dedi Renat Yusupov.

Тренер Ренат Юсупов билан ўзбек бокси ҳақида суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:44 0:00
Бевосита линк

..............

Sidney Jakson nafaqat O‘zbekistonda, balki olamning ko‘plab boshqa mamlakatlarida xotirlanib turadi.

Sidney Luis Jakson - o‘zbek boks maktabi asoschisi Toshkentda dafn etilgan.
Sidney Luis Jakson - o‘zbek boks maktabi asoschisi Toshkentda dafn etilgan.

Uning hayoti va faoliyati to‘g‘risida “Jekson Rossiyada qoladi” (muallif G.Sviridov) asari va o‘nlab biografik maqolalar yozilgan, Quddus shahrida “sovet boks maktabi asoschisi Sidney Lvovich Jakson” xotirasiga uning Isroildagi shogirdlari tomonidan uyushtirilgan turnir o‘tkazilib turadi, Toshkentda esa har yili yosh o‘zbek bokschilari orasida Jakson Memoriali musobaqalari tashkil etiladi.

Nyu-yorklik Sidney Jakson 1968 yilda Toshkentda vafot etdi va shaharning Botkina qabristonida dafn etildi.

(Ozodlik Sidney Jakson fotosuratlarini taqdim etgan asli farg‘onalik yozuvchi Eliaxu Ben-Mordexay va "Zametki yevreyskoy istorii" Tarmoq portaliga o‘zining alohida minnatdorchiligini bildiradi)

XS
SM
MD
LG