Линклар

Xorazmda yo‘qolgan 2 yoshli Zarifaning jasadi sholizordan topildi


2 yoshli Zarifa Xo‘janiyozovaning jonsiz jasadi yo‘qlganidan besh kun o‘tib sholizordan topildi.

2 yoshli Zarifa Xo‘janiyozovaning jonsiz jasadi yo‘qlganidan besh kun o‘tib sholizordan topildi.

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida 23 avgust kuni yo‘qolgan 2 yoshli Zarifa Xo‘janiyozovaning jonsiz jasadi yo‘qolganidan besh kun o‘tib sholizordan topildi.

Xorazm viloyati huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, uyida qarovsiz qolgan Zarifa uyidan chiqib ketgan va Amudaryo qishlog‘idagi sholizor balchig‘iga botib o‘lgan:

– Qiz besh kun davomida qidirildi. Beshinchi kuni uning balchiqqa botib yotgan jasadi Amudaryo qishlog‘idagi sholizordan topildi, - dedi Xorazm huquq-tartibot idoralaridagi manba.

Bolaning yo‘qolgani haqida xabar tarqalishi ortidan Xonqa tumani aholisi ham militsiyaga uni qidirishga ko‘maklashgan.

Sholizorda ishlab yurgan dehqonlardan biri balchiqda yotgan qizning jasadini ko‘rgan va militsiyaga ma’lum qilgan. ​

Qizchaning yaqinlari Ozodlikka gapirishni istashmadi.

Avvalroq Zarifaning buvisi Boljon opa Ozodlik bilan suhbatda nevarasini bola o‘g‘rilari olib ketganini gumon qilayotganini aytgandi:

-O‘sha kuni kech sakkiz yarimlar atrofida qiz ko‘chaga chiqib ketgan. 15 minutni ichida qiz yo‘q. Hali ikkiga to‘lmagan qiz, qaerga ketishi mumkin? Yo‘ldan mashina, mototsikl o‘tib turibdi. O‘g‘irlashgan, deb o‘ylayapmiz, - degan edi Boljon opa.

O‘tgan oy Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi “Aychurek” bolalar bog‘chasi “Neptun” bayrami munosabati bilan bolalarni tumandan o‘tuvchi lotoq ariqqa cho‘miltirgani olib borgan, yigirmadan ziyod bolaning orasida bo‘lgan uch yoshli Shahboz To‘ychiboev suvga cho‘kib o‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG