Линклар

1 sentabr kuni Markaziy Osiyodagi voqealarni yoritib boruvchi yangi Internet nashri - Centre1.com faoliyat boshladi. Sayt o‘tgan yili faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan Uznews.net nashri bosh muharriri¸ o‘zbekistonlik jurnalist Galima Buxorbaeva tarafidan ishga tushirildi.

Ozodlik bilan suhbatda Galima Buxorboeva Centre1.com Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng so‘nggi va muhim xabarlarni birinchilardan bo‘lib tarqatuvchi yetakchi yangilik portaliga aylanishiga umid qilayotganini aytdi.

O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Galima Buxorboeva 2005 yildan 2015 yilgacha faoliyat yuritgan Uznews.net nashriga bosh muharrirlik qilgan.

O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Galima Buxorboeva 2005 yildan 2015 yilgacha faoliyat yuritgan Uznews.net nashriga bosh muharrirlik qilgan.

- Maqsadimiz mintaqa xalqlarini bog‘laydigan va ayni paytda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston yoki Turkmaniston matbuotida topib bo‘lmaydigan xabar va tahlillarni berib boruvchi saytni yaratishdir. Sababi Markaziy Osiyo haqida xabarlar beruvchi biror sifatli sayt yo‘q. Men va jamoam buning uddasidan chiqadi, deb o‘ylayman. Biz boshqa saytlardan ko‘chirib olingan xabarlarni berish bilan shug‘ullanmaymiz. Bizda faqat o‘z muxbirlarimiz bergan xabarlar berib boriladi, - deydi Buxorboeva.

Saytda hozircha rus tilida xabarlar berilmoqda. Galima Buxorboevaning aytishicha, kelajakda qozoq, qirg‘iz, o‘zbek, tojik va turkman tillarida xabarlar berish yo‘lga qo‘yiladi.

- Juda kichik byudjet bilan ishni boshlayapmiz. Hozirdan saytga qiziqish katta bo‘layapti. Faqat sifatli kontent orqali biz o‘quvchilar qiziqishini qozonishga harakat qilamiz. Hozircha xabarlar rus tilida berilayapti. Keyinchalik saytimizda Markaziy Osiyoning beshta tilidagi xabarlar bo‘limlari ochiladi, - dedi Galima Buxorboeva.

Nega saytni Centre1 deb nomladingiz, degan savolga Galima Buxorboeva shunday javob berdi:

- Saytimizning nomi Toshkentdagi men yashagan Ts1 mavzesi nomini eslatadi. Men O‘zbekistondan quvg‘inga uchraganimga qadar Toshkentning Ts1 mavzesida yashaganman. Boshqa tomondan Markaziy Osiyodagi birinchi sayt bo‘lishga intilayotganimiz uchun saytni shunday nomladik, - deydi Buxorboeva.

Andijondagi 2005 yil 13 may kungi qonli voqealarni yoritgan Galima Buxorboeva O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgandi.

Germaniyada istiqomat qiladigan Buxorboeva 2005 yildan 2015 yilgacha faoliyat yuritgan Uznews.net nashriga bosh muharrirlik qilgan.

Muxbirlari hayotiga bevosita tahdid borligi sabab Uznews.net ëpilgan edi.

Muxbirlari hayotiga bevosita tahdid borligi sabab Uznews.net ëpilgan edi.

Uznews.net nashriga kiber hujum uyushtirilishi va buni ortidan nashrning moliyaviy hisobotlari, grant beruvchilari va O‘zbekistondagi muxbirlari haqidagi ma’lumot Internetga sizdirilishi ortidan sayt yopilgan edi.

Sayt muxbirlari hayotiga bevosita tahdid borligi sabab nashrni yopishga majbur bo‘lgan edi.

O‘shanda grant beruvchilar saytni moliyalashni to‘xtatgani sabab Uznews.net degan gap-so‘zlar ham urchigan edi.

- Grant beruvchilar tomonidan hech qanaqa muammo bo‘lmagan. O‘shanda muxbirlarimiz xavfsizligini o‘ylab Uznews.net nashrini yopgan edik. Endi hozir Centre1.com nashriga butun mintaqa bo‘ylab mutlaqo yangi muxbirlar tarmog‘ini tuzyapmiz.Nafaqat siyosat, balki oddiy odamlar hayotiga taaluqli bo‘lgan har qanday yangilikni saytimizda o‘qishingiz mumkin bo‘ladi, - deydi Galima Buxorboeva.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotiga ko‘ra, Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlarida matbuot hukumatning to‘liq nazorati ostidadir.

Nisbatan erkinroq hisoblangan Qozog‘istonda ham so‘nggi yillarda mustaqil jurnalistlar qattiq bosimlar ostida qolgan.

Mintaqada matbuot erkin bo‘lgan yagona davlat esa Qirg‘iziston bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG