Линклар

Shoshilinch: Bosh vazir Shavkat Mirziyoev favqulodda Samarqandga keldi


O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 1 sentabr kuni tushdan keyin favqulodda Samarqandga keldi. Ozodlik muxbirlariga ko‘ra, Samarqanddagi Ulug‘bek observatoriyasidan Siyob bozorigacha bo‘lgan hududga mashinalar kiritilmayapti, yo‘llar hamma tomondan yopib qo‘yilgan. Shohi Zinda maqbarasi atrofida g‘isht tashiyotgan yuk mashinalari kuzatilgan.

Ozodlikning mobil muxbirlari Samarqand shahrida 1 sentabr kuni tushdan keyin kuchli militsiya naryadlari paydo bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

Bayram tunida Yo‘lbarslar bog‘i shoshilinch ravishda yuvilmoqda

Bayram tunida Yo‘lbarslar bog‘i shoshilinch ravishda yuvilmoqda

Hokimiyat tizimlaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ shaharga tushdan so‘ng Bosh vazir Shavkat Mirziyoev kelgan.

Shavkat Mirziyoevning 1 sentabr kuni tushdan so‘ng favqulodda Samarqand shahriga kelganini Ozodlikning shahar hokimiyatidagi manbasi tasdiqladi.

“Ulug‘bek observatoriyasidan Siyob bozorigacha bo‘lgan barcha yo‘llar yopilgan, faqat o‘sha hududda yashaydigan aholi kiritilayapti, boshqa hech kim, mashinalar ham qo‘yilmayapti. Bosh vazir hozir ham shu yerda”, dedi Toshkent vaqti kechqurun soat 8 da bog‘langan rasmiy manba.

Samarqanddagi Ozodlikning mobil muxbiri Shohi Zinda maqbarasi atrofida katta yuk mashinalari g‘isht tashiyotganiga guvoh bo‘lganini aytadi.

Bu yuk mashinalari¸ guvohlarning bildirishicha¸ Go‘ri Amirga tutash "Yo‘lbarslar xiyoboni" da ham ham kuzatilgan.

Bevosita voqea joyidan xabar bergan Ozodlik muxbirining ta’kidicha¸ Registondan Bibixonim maqbarasigacha bo‘lgan hudud¸ xususan¸ "Yo‘lbarslar xiyoboni" va Toshkent ko‘chasida qorong‘u tushganiga qaramasdan yuzlab tozalovchi ishlamoqda.

Hokimiyat manbalari hozirda mazkur xiyobonning piyodalar uchun yopilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov miyaga qon quyulish tashxisi bilan statsionar davolanishda qolaëtgan bir paytda¸ mamlakat ijroiya hokimiyatidagi asosiy shaxs Bosh vazir Shavkat Mirziyoevdir.

XS
SM
MD
LG