Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:28

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi: "Prezidentimizning sog‘ligi birdaniga yomonlashdi"


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 sentabr tongida tarqatgan xabarga ko‘ra, prezident Islom Karimovning "sog‘ligi birdaniga yomonlashdi".

Vazirlar mahkamasi shikoforlarga tayanib prezident vaziyatini "o‘ta og‘ir" deya baholadi.

"Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘ligi birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda", - deyiladi xabarda.

Ахборотнинг махсус сони: Ислом Каримов ўта оғир аҳволда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

O‘zbekistondagi barcha markaziy gazetalar prezident sog‘ligiga oid O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi mazkur xabarini nashr qildi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 28 avgust kuni e’lon qilgan baënotda prezident Islom Karimovning betobligi bois "statsionar davolanishda" ekanini bildirgan edi.

Vazirlar Mahkamasi prezidentning qanday bemorlikdan davolanayotganiga to‘xtalmagandi.

Biroq mazkur xabardan bir kun o‘tib Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Instagram va Facebook sahifasi orqali otasining miyaga qon quyilish tashxisi bilan reanimatsiyaga yotqizilganini bildirdi.

Vazirlar Mahkamasi bu galgi axborotida "o‘tgan shanba kuni insulьt kasalligi bilan davolanishga yotqizilgan"i haqida avval xabar qilganini urg‘ulagan.

Vazirlar mahkamasi axboroti Islom Karimovning vafot etgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Ozodlik 1 sentabr tushlikdan keyin Karimovning ona shahri Samarqandda markaziy ko‘chalar berkitilgani va tarixiy Shohi Zinda maqbarasi atrofida qurilish ishlari olib borilayotgani haqirda xabar tarqatgandi.

Shuningdek, Samarqandning "Chordara" masjidida ham ta’mirlash ishlari olib borilayotgani kuzatildi.

Ozodlikning mobil muxbirlari Samarqand shahrida 1 sentabr kuni tushdan keyin kuchli militsiya naryadlari paydo bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG