Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:55

Vazirlar mahkamasining rasmiy bildiruvi, "Aldangan ayol" va qatag‘on qurbonlari


O‘zbekistonda 1937-1953 yillardagi bedodlik davrida otilganlar xotirlandi. Rejissyor Hilol Nasimov “Aldangan ayol” filmining ayrim kadrlarini kesgan O‘zTV rahbarlarini tanqid qildi.

Vazirlar Mahkamasi: Prezident Islom Karimov o‘ta og‘ir ahvolda

O‘zbekiston parlamenti va hukumati nashri “Xalq so‘zi” gazetasi 2 sentabr kungi sonida insulьt kasali bilan davolanishga yotqizilgan Prezident Islom Karimovning ahvoliga doir rasmiy xabarni e’lon qildi.

“Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda” deyiladi Vazirlar Mahkamasi axborotida.

Eslatib o‘tamiz, gazeta joriy yil 29 avgust kuni Islom Karimov statsionar davolanishda ekani, to‘liq tibbiy ko‘rik talab etilishi haqida xabar bergandi.

O‘zbekistonda 1937-1953 yillardagi bedodlik davrida otilganlar xotirlandi

O‘zbekistonda 31 avgust kuni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni nishonlandi (“Xalq so‘zi”, 31 avgust).

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori o‘rinbosari Murod Zikrullaevga ko‘ra, 1937-1953 yillardagi bedodliklar tufayli O‘zbekiston bo‘yicha 100 ming kishi qatag‘onga uchrab, 13 ming kishi otib tashlangan. Qatag‘on qurbonlari orasida davlat va jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari qatorida minglab oddiy dehqon, hunarmand-kosib va ishchi-xizmatchilar bor.

Qayd etilishicha, Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirasiga atab tashkil etilgan muzeyga har yili 50 mingga yaqin kishi tashrif buyurmoqda.

Rejissyor Hilol Nasimov “Aldangan ayol” filmining ayrim kadrlarini kesgan O‘zTV rahbarlarini tanqid qildi

Rejissyor Hilol Nasimov o‘zi suratga olgan “Aldangan ayol” filmining Pokistonda olingan sahnalarini kesib efirga uzatgani uchun O‘zbekiston televideniesi rahbarlarini tanqid qildi (“Darakchi”, 1 sentabr).

“Vaholanki, bu film badiiy kengash va boshqa mutasaddi tashkilotlarning ko‘rigidan o‘tib, tomoshabinga taqdim qilingandi... Badiiy kengash tasdig‘idan o‘tgan mahsulotni chala-yarim ko‘rsatishga nima haqqi bor? Davlat buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film xalqchil bo‘lishi kerak, xavf-xatardan ogoh etish uchun ishlanadi. Iste’molchi huquqini buzishga televideniening ba’zi rahbarlarining haqqi bormi?” degan H.Nasimov.

XS
SM
MD
LG