Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:25

Talabalar uchun shartnoma puli miqdori ma’lum qilindi


Adliya rasmiysi: Qarindoshlar nikohida nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi ko‘p uchramoqda

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan aksar hollarda nogiron go‘daklar tug‘ilishi kuzatilmoqda (“Kuch – adolatda”, 2016 yil 32-son).

“Begona shaxslar o‘rtasida qurilgan oilalarda chaqaloqlarning tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilishi 2,5 foiz, aqliy zaiflik 3 foizni tashkil etsa, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda bunday holatlar 5-6 foizni tashkil etadi” deb yozadi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umid Shodiev.

Oila kodeksi 16-moddasida nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida nikoh tuzish maqsadga muvofiq emasligi belgilangan.

Adliya rasmiysi U.Shodievga ko‘ra, ammo hayotda hali-hanuz farzandi baxtidan ko‘ra o‘z orzu-havaslarini ustun qo‘yayotgan ota-onalar uchramoqda.

Talabalar uchun shartnoma puli miqdori ma’lum qilindi

2016-2017 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘qish uchun to‘lov-shartnoma qiymati ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

Jahon siyosati, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda huquq mutaxassisliklar eng qimmat hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishlarda bakalavriat shartnoma puli 9 million 850 ming, magistratura shartnoma puli esa 10 million 830 ming so‘mni tashkil etadi.

Pedagogika, gumanitar fanlar, matematika, muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, sotsiologiya va psixologiya, ijtimoiy ta’minot kabi yo‘nalishlar esa nisbatan arzonroq sanaladi: bakalavriat – 6 million 650 ming, magistratura – 7 million 210 ming so‘m.

An’anaviy ravishda katta raqobat kuzatilgan iqtisod yo‘nalishida o‘qish uchun esa 8 million 800 ming (bakalavriat) hamda 9 million 660 ming so‘m (magistratura) to‘lash talab etiladi.

Orol suvi kamayishi va antropogen ta’sirlar tufayli o‘simlik va hayvonot olami ziyon ko‘rmoqda

Orol dengizi suvining keskin kamayib ketishi oqabatida yuzaga kelgan ekologik muammolar atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot olamiga ziyon yetkazmoqda (“Ekohayot”, 31 avgust).

Shuningdek, antropogen ta’sirlar tufayli biologik xilma-xillik zarar ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga baliqlarning 11, qushlarning 35, sut emizuvchilarning 12, sudralib yuruvchilarning 4 turi, Xalqaro “Qizil kitob”ga esa baliqlarning 4, qushlarning 20, sut emizuvchilarning 4, sudralib yuruvchilarning 1 turi kiritilgani ham ekologik barqarorlikni ta’minlash dolzarb vazifa ekanini ko‘rsatmoqda.

Bo‘lg‘usi kelin-kuyovning intim tuyg‘ularini ko‘z-ko‘z qilishi qoralandi

O‘zbek milliy mentalitetiga “olomon madaniyati” unsuri sanalgan love story kabi bo‘lmag‘ur odat suqilib kirmoqda (“Oila va jamiyat”, 2016 yil 34-son).

Qayd etilishicha, bo‘lg‘usi kelin-kuyovning har xil joylarda his-tuyg‘ularini ko‘z-ko‘z qilib suratga tushishi va ularni to‘y kuni mehmonlarga namoyish etishi maqbul emas.

“Intim his-tuyg‘ular odamlarning oldida ko‘rsatilmaydi. Shunday paytda kuyov bo‘lmishga: “Ey, ahmoq, nomahramlarning oldida xotiningni reklama qilishga balo bormi?!” deging keladi” deb yozadi gazeta.

Maqolada love story tayyorlash uchun 2-3 million so‘m ketayotgani, demak, bu odat ortiqcha dabdaba va isrofgarlik ekani ham ta’kidlanadi.

XS
SM
MD
LG