Линклар

Tuni bilan Samarqandning markaziy ko‘chalari va xiyobonlarini yuvib-sidirgan obodonlashtirish va turli xil tashkilotlar ishchi-xodimlari 2 sentabr kuni ham o‘z ishlarini davom ettiryaptilar. Bu holat go‘yo shahar juda ulug‘ mehmonni kutib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan manzarani eslatadi. Tuman hokimlari o‘z xodimlariga oq ko‘ylak qora kostyumda ishga kelishni buyurgan.

Samarqand shahridagi Registon ko‘chasidan Registon maydonigacha qip-qizil gilam to‘shaldi. Registon maydoniga ovoz balandlagich kolonkalar o‘rnatish davom etmoqda.

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Registon maydoni militsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan, Samarqandni ko‘rish uchun kelgan sayyohlar ham maydonga kirgizilmayapti.

Ozodlikning mobil muxbiri Registon maydoniga bir necha avtobusda militsiya xodimlari kirib ketganiga guvoh bo‘lgan.

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Uning aytishicha, 2 sentabr tongdan turli xil tashkilot va oliygohlardan yuzlab odam yig‘ilib, avtobuslarda Aeroport-Registon avtomobil yo‘lining ikki chetida turish uchun olib ketilgan.

Ozodlik manbalari, Samarqand aeroportiga tinmay samolyotlar qo‘ynayotganini xabar qilmoqda.

"So‘nggi bir soat ichida 4 ta samolyot qo‘ndi", dedi manba.

Chorraha masjidi

Chorraha masjidi

Shahar markazini kezgan samarqandlik manba, obodonlashtirish ishlari bir zum ham tinmayotganini aytadi:

"Odamlar kechadan buyon hamma yoqni supurib-sidirmoqda. Kechasi bilan Yo‘lbarslar xiyobonini yuvib chiqishdi. Hozir yangi gullar ekilyapti, skameyka va boshqa manzarali panjaralar shoshilinch tartibda ranglanyapti", dedi manba.

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Samarqand katta marakaga tayyorgarlik ko‘ryapti

Samarqand viloyati hokimligidagi Ozodlik manbasining aytishicha, 1 sentabr kuni kechqurun barcha tuman hokimlari va mulozimlarga, davlat xizmatchilariga, o‘qituvchi va shifokorlarga oq ko‘ylak va qora kostyumda ishga kelish haqida topshiriq bergan.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan deb aytiladigan Samarqanddagi Chorraha mahallasi masjidiga olib boradigan yo‘llarga bir tunning o‘zida yangi asfalt yotqizildi.

Chorraha masjidi

Chorraha masjidi

​Samarqandning eng katta Siyob bozori 2 sentabr kuni ochilmadi. Tong saharda mollarini ko‘tara sotadigan dehqonlar ham shaharga kiritilmay, ortga qaytarildi.

Ozodlik Samarqanddagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG