Линклар

TRT Haber telekanali Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘limi munosabati bilan o‘zbek xalqiga bildirgan rasmiy ta’ziyasini namoyish etdi.

Reuters: Karimov o‘ldi

Karimovning hozirga qadar rasman e’lon qilinmagan o‘limi xabarini 2 sentabr kuni Reyter axborot agentligi uchta diplomatik manbaga tayanib jamoatchilikka ma’lum qildi.

“Ha, u o‘ldi,” deb aytgan agentlikka diplomatik manbalardan biri Islom Karimovni nazarda tutgan holda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 sentabr tongida xabar tarqatib, prezident Islom Karimovning "sog‘ligi birdaniga yomonlashdi," deya ma’lum qilgandi.

Vazirlar Mahkamasi shikoforlarga tayanib prezident vaziyatini "o‘ta og‘ir" deya baholagandi.

"Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘ligi birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda", - deyiladi xabarda.

78 yashar Prezident Karimovning miyasiga qon quyilgani haqida ilk bor uning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva o‘zining Instagram va Feysbukdagi cahifalari orqali ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG